Jahon | 00:22 / 24.10.2017
12270
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada endi fuqarolikni olishda qasamyod keltiriladi

Foto: Vitaliy Ankov/ RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning fuqaroligini olishda qasamyod keltirishni talab qiluvchi Rossiya fuqaroligiga qabul qilish bo‘yicha ilk farmonni imzoladi. 

Farmonga ko‘ra, 62 kishi Rossiya fuqarolariga aylanadilar.

Hujjatda aytilishicha, fuqarolikni olmoqchi bo‘lgan shaxs Rossiya fuqaroligi qasamyodini keltirgan kundan boshlab uni oladi. 18 yoshga to‘lmaganlar bundan istisnodir. Ular fuqarolikni qasamyodni ota-onalari keltirganlaridan keyin oladilar.

Qasamyodning matni quyidagicha:

"Men, o‘z istagim va ongli tarzda Rossiya fuqaroligini qabul qila turib, Rossiya Federatsiyasi konstituttsiyasi va qonunchiligi, uning fuqarolari huquqlari va  erkinliklariga amal qilishga, RF fuqarosi majburiyatlarini davlat va jamiyat manfaati yo‘lida bajarish, RFning erkinligi va mustaqilligini himoya qilish, Rossiyaga sodiq bo‘lish, uning madaniyati, tarixi va an'analarini hurmat qilishga qasamyod qilaman".

Rossiya fuqarosi pasporti qasamyod keltirilishi bilan beriladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid