Dunyoga maşhur Hollivud aktyori Morgan Friman Turkish Airlines kompaniyasi brendining (THY) yangi "yuzi"ga aylandi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah naşri xabar berdi.
Turkish Airlines payşanba kuni Morgan Friman brendning AQŞdagi yangi "yuzi" bölişi haqida e'lon qildi.
Friman iştirokidagi tijorat roligi 5 fevral kuni Super Bowl finali vaqtida efirga uzatiladi. Reklama roligi s'yomkalari bugun Los-Anjyelesda boşlandi.
Ötgan yili THY 800 million kişi tomonidan tomoşa qilingan, bu yil esa ularning soni oşişi kutilmoqda.
Super Bowl TVda çempionlar ligasi bilan bir qatorda namoyiş etiladigan eng maşhur sport hodisasi hisoblanadi.
Ötgan yili THY Superkubokda taqdim etilgan birinçi turk brendi böldi. Brend Warner Bros bilan bitim imzolanganidan keyin uning Betmen Supermenga qarşi nomli kampaniyasi yölga qöyilgan.
Butun dunyo böylab 293 punktga parvozlarni amalga oşiruvçi (ulardan töqqiztasi AQŞda) Turkish Airlines bir neça marotaba Yevropaning eng yaxşi aviakompaniyasi sifatida e'tirof etilgan.
Aktyorlik bilan birga uçuvçilik kasbini ham egallagan 79 yoşli Morgan Friman 2015 yilda Turkiyaga National Geographic uçun "Parvardigor haqida qissa" deb nomlangan hujjatli film s'yomkalari doirasida taşrif buyurgan.
Morgan Friman özining "Şouşenkdan qoçiş" va "Miss Deyzining haydovçisi" filmlaridagi iştiroki bilan muxlislar qalbidan joy olgan, u 2014 yilda "Million dollarlik qizça" filmidagi iştiroki uçun "Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor" sifatida e'tirof etilib, "Oskar" mukofotini qölga kiritgan.

















