Xitoyning Xebey viloyatidagi Tanşan okrugida vodorod yoqilğida işlaydigan dunyodagi birinçi tramvay foydalanişga topşirildi.
Xitoyning CRRC korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan tramvay alohida «tozalik» bilan ajralib turadi: atmosferaga heç qanday zararli moddalar çiqarmaydi hamda azot oksididan xoli, sababi vodorod yoqilği qutiçalari içidagi reaksiya harorati Tselsiy böyiça 100 darajadan oşmaydi.
Sostavning maksimal tezligi – 70 km/s. Tramvay yoqilği qutiçalari 40 km. yölni yurişga yetadi, ularni töldiriş esa 15 daqiqani talab qiladi.

Vodorod tramvayi Xitoydagi eng qadimiy temir yöl liniyalaridan birida foydalanişga topşirildi hamda Tanşan sanoat hududlarini özaro boğlaydi. Şu bilan birga, liniyani özgartiriş va yölovçi platformalarini unga moslaştiriş talab etilmaydi – vagon poli va relslar örtasidagi masofa 35 sm.ni taşkil qiladi, deb xabar bermoqda China Daily.













