Germaniya Fedrativ Respulikasining yurtimizga tayinlangan yangi favqulodda va muxtor elçisi Gyunter Overfeld (Günter Overfeld) iqtisodiy soha delegatsiyasi va jurnalistlar hamrohligida Samarqand şahriga sayohat uyuştirdi.

Martabali mehmon şahar bilan tanişişni avvalo köhna şaharning yuragi bölmiş Registon maydonidan boşladi. Elçi uşbu inşootlarning yaratiliş tarixi bilan yaqindan taniştirildi. Uluğvor madrasalar xorijlik mehmonda katta taassurot qoldirdi. Söngra u hamrohlari bilan Işratxona hilxonasini borib kördi.

Ta'kidlaş joizki, Tillakori madrasasi va Işratxona hilxonasida 2004-2009 yilda Potsdam ixtisoslaştirilgan instituti bilan hamkorlikda madaniy meros obidalarini ta'mirlaş böyiça Germaniya-Özbekiston loyihasi iş olib borgan.

Sayohatining birinçi kunida janob Overfeld şahardagi DVV International loyihasi bilan hamkorlik qiluvçi «Sabr» iqtisodiy-ijtimoiy riojlaniş markazini közdan keçirdi va u yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Söngra iqtisodiy delegatsiya a'zolari va jurnalistlar bilan «Agromir» korxonasiga borib, işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan tanişdi.

Birinçi kuni keçqurun şahardagi «Platan» mehmonxonasi restoranida özbekistonlik hamkorlar va hamrohlik qilayotgan Germaniya firmalari vakillari hamda jurnalistlar uçun Germaniya elçisi nomidan qabul taşkil etildi.

Ertasi kuni elçi iqtisodiy delegatsiya va jurnalistlar iştirokida 300 kişidan ortiq kişi mehnat qilayotgan Germaniya bilan hamkorlikda barpo etilgan «MAN-Uzbekistan» zavodiga taşrif buyurdi. Uşbu zavodda MAN yuk avtomobillari va avtobuslari işlab çiqarilmoqda. Elçi avtomaşinalar işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi, şuningdek, unga zavodda qölga kiritilayotgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar sözlab berildi.

Samarqand şahrida joylaşgan «Sam Antep Gilam» tekstil fabrikasiga uyuştirilgan sayohat ham martabali mehmonda çuqur taassurot qoldirdi. Ayni paytda uşbu korxonada Germaniyadan keltirilgan dastgohlar yordamida kuniga 40 ming kvadrat metr yuzaga teng, 5000 mingdan ziyod gilam mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Korxonada 2000 nafardan ziyod kişi köp smenada mehnat qilmoqda. Korxona rahbari K.Abdulloyev mahsulotlar asosan MDH davlatlari, şuningdek, Xitoy orqali jahonning boşqa davlatlariga eksport qilinayotganini sözlab berdi.