Sasseks universitetining professori Alan Dalton boşçiligidagi olimlar jamoasi smartfonlar ekrani uçun yangi material yaratişdi. Kumuş va grafenning birlaşmasi ekologik toza, sinmaydigan ekranlarni yaratişga imkon beradi. Bu ekranlar hozirda mavjud ekranlardan 10 barobar arzonroq turadi, deb yozmoqda Science Daily.

Bu sensor ekranlar kamroq energiya iste'mol qiladi, barmoq bilan tegişga aniqroq javob beradi, havo ta'sirida oçarmaydi va sinmaydi.

Foto: Dr Matthew Large

Daltonning aytişiça, hozirda smartfonlar ekranlari işlab çiqarişda qöllanuvçi indiy-qalay oksidi mört va qimmat material hisoblanadi. Uni oliş atrof-muhitni jiddiy ifloslantiriş bilan keçadi. Bu materialga eng yaxşi muqobil material kumuş hisoblanadi. U ham qimmat turadi, biroq yangi texnologiya evaziga juda kam miqdorda qöllanadi.

Olimlar kumuş nanosimlarni grafen bilan birlaştirişdi. Natijada mavjud texnologiyalar beradigan samaradorlikdan ortda qolmaydigan yangi gibrid material olindi. Bu material önlab marta arzon turadi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Asosiysi, asfalt, beton va toşga tuşiş vaqtida sinmaydi. 

"Kumuş nanosimlar avval ham sensor ekranlarda qöllangan, biroq heç kim ularni grafen bilan birlaştirişga urinmagan. Kumuş nanosim törga grafenning qöşilişi uning elektrni ötkaziş qobiliyatini 10 marta oşiradi. Bu esa kamroq kumuş işlatgan holda öşa yoki undan yaxşiroq samaradorlikka erişiş mumkinligini anglatadi. Natijada, ekranlar barmoq bilan tegişga aniqroq javob beradi va kamroq energiya iste'mol qiladi", deb aytmoqda olim.  

"Kumuşning muammosi şundaki, u havoda oçaradi. Biz grafen qatlami kumuşni himoyalab, uning oçarişi oldini olişini aniqladik. Biz şuningdek yangi material bir neça marta bukilişiga qaramay, uning elektr xususiyatlari özgarmasligini payqadik", deb aytdi universitetning yana bir olimi Metyu Larj.

Olimlar kumuş nanosim va grafen bilan qoplangan sensor ekranning akril palstikdan işlangan sinov modelini yaratişdi. Bu materialning foydalanuvçilar uçun foydali tomoni uning arzonligidan taşqari, elektr energiyani tejaydi va juda pişiqdir.