The Economist jurnali yangi soni muqovasiga Vladimir Putinning şoh obrazidagi kollajni joylaştirdi. Muqovadagi yozuvda esa şunday deyiladi: «Şoh inqilobdan 100 yil ötib tuğildi».
«Moskvadagi ham liberal islohotçilar, ham an'anaviy konvervativ qaraşlarga ega şaxslar Putinni XXI asrdagi şoh sifatida tilga olişmoqda», - deyiladi Britaniya jurnali tahririyati maqolasida. «Jahon Oktyabr inqilobining 100 yilligini nişonlayotgan bir paytda, Rossiya yana şoh qöli ostida qoldi», - deyiladi naşrning Twitter’dagi sahifasida.
Tahririyat maqolasi mualliflarining ta'kidlaşiça, Putin bu unvonni mamlakatni, köplab ruslarning fikriça «1990-yillardagi alğov-dalğovlikdan» qutqarib, şuningdek, «butun dunyoni Rossiya bilan hisob-kitob qilişga majburlaş» orqali «işlab olgan». Şu bilan birga, uning «boşqaruviga» eng katta tahdid Putin xavfsirayotgan «rangli inqiloblar» emas, balki «bolşeviklarning qayta tirilişi» böladi, deyiladi maqolada.
Putin «şoh sifatida» rus hukmdorlarini «Pyotr vaqtlaridan beri» ta'qib qilib kelgan masalani - Nikolay II inqilob arafasida öylagan masalani hal qilişi lozim böladi, deb yozadi The Economist.

«Rossiya fuqarolik huquqlari hamda vakillar orqali boşqaruvga ğarb yölidan borib modernizatsiya qilinişi kerakmi, yoki ularni joriy etişga qarşi çiqib, barqarorlikni saqlab qolişga urinişi lozimmi? Putinning javobi «iqtisodiyotni liberal-texnokratlarga», siyosatni – KGBning sobiq xodimlariga işonib topşirişdan iborat bölgan», - deyiladi maqolada.
Bundan taşqari, naşrning fikriça, «Putin öz hokimiyatini repressiyalar va harbiy mojarolar bilan mustahkamlamoqda».
Şuningdek, The Economist tahririyat maqolasi mualliflarining taşvişiça, Putin Rossiyada «haqiqiy demokratiya» mexanizmisiz hokimiyatni boşqa kimgadir qonunan topşirişi muşkul böladi. «Putindan söng» hokimiyat uçun kuraşga olib keladigan ziddiyat Rossiyani «qismlarga» yemirib yuboradi.
«Yadro quroliga egalik qiluvçi davlatda bu xavotirga sabab bölişi aniq», - deya ta'kidlanadi The Economist tahririyati maqolasida.
















