Turkiya Toşkent va Anqara örtasidagi munosabatlarni kerakli darajaga olib çiqişni özining burçi deb biladi, deya aytib ötdi Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekçi Istanbuldagi Turkiya-Özbekiston biznes-forumi oçilişida. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.
«Turkiya Özbekiston bilan öz munosabatlarini juda qadrlaydi. Turkiya Iqtisodiyot vazirligi Turkiya va Özbekiston prezidentlari körsatmalari hamda boş vazirlari direktivasi böyiça ikki tomonlama munosabatlarni kuzatib bormoqda. Uzoq muddatli ikki tomonlama munosabatlar asosida özaro manfaatlarni hisobga oliş yotadi. Savdoga ham şu tegişli. Şaxsan men ikki tomonlama tovar aylanmasida Özbekistonning savdo-iqtisodiy manfaatlariga alohida e'tibor qarataman», - dedi Zeybekçi.
Vazir 2017 yil oxiriga kelib Turkiya iqtisodiyotining ösişi olti foizdan oşişini eslatdi. «Yil oxiriga kelib, Turkiya eksporti ham 11-12 foizga ösadi. Turkiya nominal YaIM miqdori böyiça dunyoda 17-örinni va xarid qobiliyati tengligi böyiça hisoblangan YaIM kattaligi böyiça 13-örinni egallaydi. Mamlakatning bu yilgi körsatkiçlari maqtovga loyiq», - dedi Zeybekçi.
Vazirning eslatişiça, yil boşida yetti-sakkizta xalqaro moliya taşkiloti va reyting agentliklari Turkiya iqtisodiyoti 2-2,5 foizga ösişini taxmin qilganlar.
«May oyida prognozlarini qayta körib çiqib, ularni 3-4 foizga oşirişdi. Oktyabrda prognozlar ikkinçi marta qayta körib çiqilib, 4,5-5 foizga kötarildi », dedi Zeybekçi. Vazir, şuningdek, reyting agentliklaridan köra, Turkiyaning rasmiy doiralari va ekspertlar jamoalari pozitsiyalariga köproq e'tibor qaratişga çaqirdi.













