Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev örtasidagi muzokaralarda erişilgan kelişuvlarga muvofiq, Turkiya oliy ta'lim böyiça kengaşi (YÖK) raisi Yyekta Saraç boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonning ikkita ta'lim muassasasi infratuzilmasini şakllantiriş böyiça iş boşladi. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.

Gap Samarqanddagi Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro tadqiqot markazi va Toşkentdagi Islom tadqiqotlari markazi haqida bormoqda.

Saraç boşçiligidagi YÖK delegatsiyasi noyabr oyida Özbekistonga taşrif buyurib, vaziyat bilan tanişadi. Delegatsiya a'zolari Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi. Davlat rahbari institutlarni şakllantiriş jarayonini kuzatib boradi.

Bundan taşqari, YÖK Özbekistonda oliy ta'lim tizimini isloh qilişga yordam beradi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan kuni keça Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan bölib ötgan qöşma matbuot anjumanida, «turkiy va islom sivilizatsiyasining ikki qadimiy öçoği madaniy yaqinlaşuvi» ahamiyati katta ekanini aytgandi.

«Ikki mamlakat idoralari rahbarlariga ikki tomonlama hamkorlikni maksimal darajada rivojlantiriş haqida körsatma berildi. Özbekiston tomoni Anqara kabi yaqinlaşişga intilayotganini körişdan juda baxtiyorman. Imom Buxoriy va Imom Maturidiy institutlari faoliyatiga umid qilamiz», - degan Erdöğan.