Bugun, 27 oktabr kuni yangi ixtisoslaşgan "Özbektelekom" AK "Axborot tizimlari" faoliyati va unda amalga oşirilayotgan loyihalarga doir brifingni ötkazdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida ma'lum qiladi.
Ta'kidlaş joizki, "Özbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining "Axborot tizimlari" filiali Kuzatuv kengaşining 2017 yil 6 iyuldagi qaroriga muvofiq taşkil etilgan. Tadbirda qayd etilişiça, "Özbektelekom" ixtisoslaşgan filialining asosiy maqsadi - mijozga yönaltirilgan yondaşuvni e'tiborga olib, umumiy strategiyani işlab çiqiş "dijitalizatsiyalar" harakati axborot jarayonini samarali taşkil etiş böyiça vazifalarni hal qiliş uçun "Özbektelekom" AK Ijro apparati va filiallarida foydalaniladigan "Axborot tizimlarini yaratiş, joriy etiş, ekspluatatsiya qiliş hamda yaxşilaş", "Özbektelekom" AK butun IT sohasini yagona tuzilmaga birlaştiriş.
"Hozirda jamiyatning barça faoliyat sohalariga raqamli texnologiyalarning keng miqyosda kirib borişi jahon telekom operatorlarini körsatilayotgan xizmat paradigmalarini özgartirişga majbur qilmoqda, - deydi "Özbektelekom" AK marketing va sotuvlar böyiça direktori Yevgeniy Vişnevskiy. - "Internet-buyumlar" "elektron hukumat"ning barça elementlarini joriy etib, iqtisodiyotni raqamli transformatsiyalaş davrida Milliy operatorimiz hisoblangan "Özbektelekom" zamonaviy talablarga javob berişi şart. Aynan şu sababli yangi "Axborot tizimlari" filialini taşkil etdik. "Özbektelekom" u orqali raqamli transformatsiyalaş böyiça yangi loyihalarini amalga oşirişga umid qilmoqda.
Filial direktori Marat Fattaxov ham filial maqsadiga alohida töxtalib ötdi: "Axborot tizimlari" filialini yaratişdan asosiy maqsad - vaqtni, mehnat, biznes-jarayonlarni taşkil etiş uçun energiyani tejaş yöli bilan operatsion samaradorlikni oşiriş, işlarni avtomatlaştiriş, kompaniyaning öz va boşqa taşkilotlarning raqamli transformatsiyasini amalga oşiriş, jumladan, yirik milliy loyihalarni amalga oşiriş. Bugungi kunda taşqi internet kanali iste'molini kamaytiriş, uning tahlili va xususiy muqobil resurslarini yaratiş yöli bilan kontent generatsiyasiga ötişini amalga oşirmoqdamiz".
Tadbir sönggida OAV vakillari uçun filialning yangi idorasi böylab tanişuv sayohati uyuştirildi.













