Avgust oyining boşidan beri Madagaskarda ölat epidemiyasi tufayli vafot etgan insonlar soni 120 nafardan oşib ketdi. Bu haqda juma kuni Jyenevada bölib ötgan brifingda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rasmiy vakili Kristian Lindmayyer ma'lum qildi.

«25 oktabr kungi holatga köra, hammasi bölib 1231 ta kasallik qayd etilgan, ular orasida ölat ham bor. 124 kişi hayotdan köz yumdi», - dedi u. Lindmayyerning qöşimça qilişiça, kasal bölgan 1231 kişidan 881 nafari tuzalib ketgan.

Madagaskarda ölat endemik kasallik bölib, u yerda har yili bu kasallikning 400 ga yaqini holati qayd etiladi. Bu yil, avvalgi holatlardan farqli ölaroq, xastalik epidemiyasi katta şaharlarni ham qamrab oldi, bu esa uning tarqaliş xavfini oşirdi. Ötgan yillarga nisbatan öpka ölatining tez tarqalişi aholining harakatlanişi tezlaşgani bilan boğliq.