Fuqaro Adham Mahmudovning (ism-familiyalar özgartirilgan) tuman prokuraturasiga qilgan murojaatida keltirilgan holatlar tasdiqlanib, Yozyovon tumani “Yermulkkadastr” Davlat korxonasining mutaxassisiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Aniqlanişiça, A.Mahmudov dehqonçilik bilan şuğullanib, amakisi Olimjon Mahmudovning Yangiböston qişloğidagi “Bektoş Muhammadumar” fermer xöjaligida işlagan.

2014 yilning kuzida amakisi fermer xöjaligini tuman zaxirasiga topşirmoqçiligini aytadi. Fermer böliş istagida A.Mahmudov amakisi bilan tuman hokimining qabuliga kiradi. Amakisi fermer xöjaligini jiyaniga topşirmoqçiligini aytganida, hokim rozi böladi. Biroq xoli qolganlarida boşqaça suhbat böladi, ya'ni talabgorga “Yangiböston Fayzli Böston” fermer xöjaligi yerlarini taklif qiladi. A.Mahmudov uning taklifiga köngaç, “kadastr xizmati mutaxassisiga uçraşing”, deb tayinlaydi.

Hokimlik binosining ortida joylaşgan korxona idorasida mutaxassis Ikromjon Jumayev tenderda qatnaşiş uçun zarur hujjatlar röyxatini yozib berayotib, göyo “tenderda yutib olganday bölib, işni boşlayverasiz, 167 ming söm tölab qöying”, deydi. A.Mahmudov unga pul va hujjatlarni keltirib beradi. 2015 yil yanvar oyida tender ötkaziladi. Biroq hokim tavsiya qilgan “Yangiböston Fayzli Böston” fermer xöjaligining yerlari tenderga qöyilmaydi, öz egasining ixtiyorida qoladi. 

A.Mahmudov yana hokimga uçraşadi. “U boşqa yerlar bor”, deb huzuriga kadastr xizmati mutaxassisi I.Jumayevni çaqirtiradi va unga tuman zaxirasidagi 20 gektarlik yer maydonini körsatişni tayinlaydi. Kelasi kuni yerni borib körişadi. Biroq A.Mahmudovga yer maydoni ma'qul kelmaydi. I.Jumayev “Şoşmay turing, zaxiraga qaytarib olinadigan yer bor. Beş yuz ming söm bersangiz, öşa yerni sizga töğrilab beramiz”, deydi. A.Mahmudov kelasi kuni unga aytilgan pulni beradi. Söngra bir neça marta I.Jumayevga va hokimga uçraşadi. Bu orada hokim Toşkent şahriga öqişga ketadi. Qaytganidan söng qabuliga kirganida, kadastr xizmati mutaxassisi I.Jumayevni huzuriga çorlab, işini töğrilab berişni tayinlaydi. Biroq mutaxassis aytgan yer egalik bölib ketgan edi.

A.Mahmudov yana hokimning qabuliga kirib, öşa “Bektoş Muhammadumar” fermer xöjaligining yerini bölsa ham nomiga ötkaziş berişni söraydi. Hokim “işni boşlayvering”, deydi. I.Jumayev esa talabgordan uşbu fermer xöjaligi yerlarini nomiga ötkazib beriş uçun yana 500 ming söm talab qiladi. A.Mahmudov unga kelasi kuni 450 ming söm beradi hamda hokimning va kadastr xizmati mutaxassisining va'dalariga işonib, elektr simi tortadi, nasos örnatib, suv çiqaradi. Ariqlarni ekskavatorda tozalatib, yerni çigit ekişga tayyorlab qöyadi. U bu işlarga jami 7 mln. 500 ming söm mablağ sarflaydi. Biroq, mart oyida bölgan tenderda boşqa bir dehqon ğolib, deb topiladi. “Sarf-xarajatlarim nima böladi”, deb söraganida, tender komissiyasi raisi “tenderda yutib olgan yigit tölaydi, agar tölamasa, yerni sizga olib beramiz”, deydi.