Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada bir yilda Rossiyaning necha nafar fuqarosi halok bo‘lgani ma'lum
Suriyada 2017 yil yanvar oyidan sentabrgacha Rossiyaning kamida 131 fuqarosi halok bo‘ldi, ularning hech biri Rossiya armiyasining amaldagi harbiy xizmatchisi bo‘lmagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikda Rossiya fuqarosi Sergey Poddubniyning o‘limi haqida 4 oktabr kuni RFning Suriyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan berilgan guvohnoma bor. Uning raqami – 131.
Konsullikdan agentlikka tasdiqlashlaricha, o‘lim haqidagi guvohnomalar soni har yili yangilanadi. Shunday qilib, har bir guvohnomaning soni yil boshidan buyon konsullik tomonidan ro‘yxatga olingan o‘lim soniga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, konsullikdan ma'lum qilishlaricha, harbiy xizmatchilarning o‘limini ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanishmaydi.
Suriyada 131 nafar halok bo‘lgan rossiyalikdan qanchasi harbiy harakatlar davomida hayotdan ko‘z yumgani ma'lum emas. Reuters’ning ta'kidlashicha, bu raqamga, aftidan, jangarilar tarafida jang qilayotgan Rossiya fuqarolari kirmaydi, chunki ularning jasadlari RFga qaytarilmaydi.
Rossiya saylovlarida ovoz beruvchilar soni bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyada besh mingga yaqin ruslar ro‘yxatga olingan, deya yozadi Reuters. Agentlik bilan suhbatlashgan noma'lum qolishni istagan diplomatning so‘zlariga ko‘ra, odatda konsullik mamlakatda yiliga 20 ga yaqin o‘limni qayd etadi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026