Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 870-son Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorat boş boşqarmasi Nazorat-reviziya boş boşqarmasini qayta taşkil etiş evaziga joriy yilning avgust oyida yaratilgan edi.

Nizom Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi (Boş boşqarma) va uning hududiy boşqarmalarining maqomini, vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.
 
Şuningdek, u quyidagilar ustidan nazoratni amalga oşiradi:

•  moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasi;
•  byudjyet tizimi byudjyetlari mablağlari va byudjyetdan taşqari jamğarmalarning mablağlarning maqsadli sarflanişi;
•  moliyaviy nazorat obektlari tomonidan byudjyet qonunçiligiga, şuningdek byudjyet va smeta-ştat intizomiga rioya etilişini.

Şu maqsadda unga quyidagi vakolatlar berilgan:

•  davlat va xöjalik boşqaruvi organlaridan, banklardan va boşqa taşkilotlardan zarur bölgan ma'lumotlarni söraş va oliş;
•  nazorat obektlarining elektron ma'lumotlar bazasi va axborot resurslaridan foydalaniş;
•  yozma sörov asosida bank va tijorat sirini taşkil etuvçi byudjyet taşkilotlari hamda byudjyet mablağlari oluvçilar haqidagi ma'lumotlarni oliş;
•  Xalq banki filiallaridan fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kelib tuşgan pensiya badallari töğrisida ma'lumotlarni söraş va oliş;
•  aniqlangan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş va aybdor şaxslarini javobgarlikka tortiş yuzasidan majburiy tusga ega taqdimnomalar kiritiş va boşqalar.

Moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan xodimlar attestatsiyadan har 3 yilda 1 marotaba ötkaziladi.

Moliyaviy inspektorlar lavozimlari joriy etiladigan korxonalarning yangi röyxati tasdiqlandi. Bular «Özpaxtayog» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özneftmahsulot» AJning tarkibiga kiruvçi ayrim korxonalaridir. Muqaddam tasdiqlangan röyxatlar (26.11.1996 yildagi VMQ-418-son; 23.12.1998 yildagi VMQ-532-son) öz kuçini yöqotdi.