Buxgalteriya şunday sohaki, unda qator konfidentsial va juda muhim korporativ ma'lumotlar saqlanadi. Har qanday puxta öylanmagan harakat, hatto kiçik xato va kamçiliklar ham işga malakasiz yondaşuv, xisob-kitoblar noaniqligi  va hatto katta jarimalarga olib kelişi mumkin. Şuning uçun öz sohasining ustasi bölgan buxgalterlarga talab yuqori. Aynan şundaylar byudjyetga tölanadigan soliqlarni hisoblaşadi. Yirik korxonalar ştatida yuqoridagi talablarga javob beradigan, öz navbatida, yuqori maoş talab qiladigan buxgalterlar yollaş imkoni bor. Biroq yangi taşkil topgan, mikro va kiçik korxonalar bunday xarajatlarga tayyor emas. Yollanma buxgalterlar heç qanday hujjatsiz, oğzaki kelişuv asosida xizmat körsatişi tufayli köplab muammolar kelib çiqişi mumkin. 

Korxona bir neça faoliyat turi bilan şuğullanadigan bölsa, har bir faoliyat uçun alohida malakali buxgalter yollaş, ularni oylik maoş, iş joyi, dasturiy ta'minot va h.k.lar bilan ta'minlaş katta xarajatlarni keltirib çiqaradi.

Yoki aytaylik, ştatdagi buxgalter ayrim sabablarga köra işdan ketayotgan bulsa, buxgalteriyani kimga işonib topşirsa böladi? 

Bunday murakkab holatda qanday yeçim bölişi mumkin?
Javobi oddiy – Autsorsing buxgalteriya.

"Autsorsing" sözi  ingliz tilidan olingan bulib, şartnoma asosida taşqi manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini körsatuvçi korxonalar xizmatidan foydalanişni bildiradi.

Foto: Fotolia

Autsorsing buxgalteriya esa masofadan turib malakali soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan buxgalteriyadir. Autsorsing buxgalteriya yollanma buxgalteriyadan farqli ravişda, buxgalteriyani qisman yoki vaqtinçalik topşiriş emas, uzoq muddatga şartnoma asosida hamkorlik qilişni közda tutadi. Autsorsing buxgalteriya xizmatini körsatuvçilar autsorserlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xorijda ştatdagi xodimlarni ta'minlaşdan köra autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, Belarusda - 30%, Yevropada - 86%, AQŞda - 92%, eng yuqori körsatkiç esa - Isroilda bölib, 96% ni taşkil etadi. 

Yirik korxonalar Autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan foydalanişga butunlay ötişlari u qadar samarali emas, çunki bunday holatda masofadan turib iş olib borilgani sababli hisobni olib borişda operativlik pasayiş ehtimoli bor. Bunga yul qöymaslik uçun buxgalteriyani butunlay emas, qisman, masalan, oylik maoş hisob-kitoblari, hisobotlar topşiriş, va h.k.larni autsorserlarga topşiriş mumkin.