Aksariyat odamlar raqamlar va lotin harflaridan iborat parollarining barçasini tezda yoddan aytib bera olmaydi. Biroq bunday xilma-xillik bölmasa, foydalanuvçilar öz şaxsiy ma'lumotlari, elektron poçtalari, şuningdek öz hisoblaridagi pul mablağlarining konfidetsialligini ta'minlay olişmaydi. Şu bois vaqti-vaqti bilan yangi noyob kombinatsiyalar öylab topişga töğri keladi. MSPowerUser şu haqidagi xabari bilan bölişdi. 

Murakkab parollarni eslab qoliş zarurati tufayli yuzaga keladigan noqulaylikni inobatga olib, Intel va Lenovo dasturçilari zamonamiz kişilarini bu yukdan xalos qiliş va xavfsizlik çorasining optimal muqobiliga alynuvçi umumiy yeçimni izlaşmoqda.  

Lenovo parollarni barmoq izlari skaneriga almaştiriş taşabbusi bilan çiqmoqda. Faqat buning uçun kompaniya barça uçun bir texnologiyani yölga qöyiş orqali global "qayta quriş"ni ötkazişni taklif qilmoqda. Turli kompyuter, gadjyetlar, şuningdek operatsion tizimlar uçun dasturiy ta'minot işlab çiquvçi boşqa yirik transmilliy korporatsiyalar ham uni qöllab-quvvatlaydi. 

UAF (Universal Authentication Framework) texnologiyasi yettinçi va sakkizinçi avlod Intel Core protsessorlarida qöllanayotgan va FIDO sertifikatlari bilan autentifikatsiya qilingan ekan, uşbu bazada qayta islohot ötkaziş imkoni mavjud. 

Daktiloskopik datçiklar ba'zi rusumdagi kompyuterlarda bor, biroq ular faol tadbiq qilinmagan. Lenovöning Intel Online Connect qöllab-quvvatlaşi ostida Microsoft bilan hamkorligi ommaviy ravişda protsessorlar işlab çiqarişga start berişi hamda  leptoplar işlab çiqaruvçilarni öz mahsulotiga uşbu optsiyani faolroq kiritişga turtki berişiga doir umidlari mutlaqo asosli. 

Ular faqat daktiloskopik skanerni taçpadga kiritişlarigina qoladi, xolos, qolgani esa protsessorlar tomonidan ta'minlangan böladi. Taklif qilinayotgan tizim ThinkPad X1 Tablet va ThinkPad X1 Carbon'ning sönggi versiyalarida, Yoga 920, IdeaPad 720S'da xizmat körsatmoqda.