Comparitech tadqiqot kompaniyasi 2025 yilda sizib çiqqan ikki milliard parolni örganib çiqib, eng maşhur va şunga mos ravişda işonçsiz parollar röyxatini e’lon qildi. Röyxatda jami 100 ta variant bor, ammo eng qiziqarlisi dastlabki 20 ta variant.
Tadqiqot natijalariga köra, 2025 yilda eng keng tarqalgan parollar orasida 123456, admin va password bor ekani aniqlandi va Luvr muzeyi videokuzatuv tizimi paroli Louvre bölgan dunyoda bu unçalik ajablanarli emas.
Parollarni tahlil qiliş bölimi ma’lumotlariga köra, eng maşhur 100 ta parolning çorak qismi faqat raqamlardan iborat bölib, ularning 38,6 foizi 123 ketma-ketligini, 3,1 foizi esa abc harflarini öz içiga olgan. Top-100 ga password yoki admin sözlarining u yoki bu variantlari va minecraft sözi bilan variantlar ham kirdi.
Top-10 eng ommabop parollar röyxati quyidagiça:
- 123456
- 12345678
- 123456789
- admin
- 1234
- Aa123456
- 12345
- password
- 123
- 1234567890
Xavfsizlik böyiça mutaxassislarning fikriga köra, yaxşi parol kamida 12 ta belgidan iborat bölişi, raqamlar, turli registrdagi harflar va maxsus belgilarni öz içiga olişi va taniqli sözlar yoki iboralarni öz içiga olmasligi kerak.

















