Kriştianu Ronaldu Primerada atigi bitta gol urdi. Mavsum boşida, Ispaniya superkubogi bahsida hakamni turtib yuborgan portugaliyalik bir neça öyinga diskvalifikatsiya qilingandi. Uning muddatini ötab bölgaç, futbolçi jismoniy holatini haligaça tiklab ololmayapti. «Jirona»ga (1:2) qarşi öyinda esa buni yana bir bor isbotladi.

WhoScored hisob-kitobiga köra, futbolçi har bir öyinda darvoza tomon örtaça 7ta zarba yöllamoqda. Ötkazilgan 6ta öyinda esa darvozani bir marta işğol etgan. Ya'ni, uning 2,5% zarbasi möljalga aniq yetib borgan. Bu top-5 ligalar içidagi hujumçilar orasida eng yomon körsatkiçdir.