Sobiq ittifoq rahbari Nikita Xruşçyovning öğli Sergey Xruşçyov Sobiq ittifoq kuç böyiça AQŞga tenglaşa olmaganini, zamonaviy Rossiya ham bu borada AQŞga yaqinlaşa olmasligini aytdi. Bu haqda Las Vegas Sun naşri xabar bermoqda.
Texnika fanlari nomzodi bölgan Sergey Xruşçyov Las-Vegasdagi Atom sinovlari milliy muzeyida 200 tinglovçi oldida nutq sözlagan. Olim 1990-yillardan beri AQŞda yaşab keladi va öz nutqida ikki davlat örtasidagi munosabatlar tarixini qisqaça bayon qilib ötdi.
Xruşçyovning fikriça, AQŞ Sobiq ittifoq bilan qarama-qarşilik vaqtida özini "dunyo politsiyasidek" tutgan, Sobiq ittifoq esa "qörqişi va zaifligini" körsatişni istamagan. Bu tamoyildan kelib çiqib Moskva öz siyosatini qurgan. Xruşçyov bunday yöl tutilişiga misol tariqasida Sobiq ittifoqning Oyga AQŞ-Rossiya missiyasini yuboriş taşabbusidan boş tortişi va Karib inqirozini keltirib ötdi.
Sovuq uruşning yakunlanişi Sobiq ittifoq va AQŞ örtasida "madaniyat va qadriyatlarda farqlaniş" borligini körsatgan.. Sobiq ittifoqning sönggi rahbari Mixail Gorbaçyov bu hodisani davlatlar örtasida ittifoqdoşlik va döstona munosabatlar örnatiş deb, uning amerikalik hamkasbi Ronald Reygan qarama-qarşilikda Vaşingtonning ğalabasi sifatida qabul qilgan.
Xruşçyov kelgusida ikki davlat uçun tinçlik va farovonlikni özaro hurmatda körmoqda. "Biz dunyo politsiyaçisi böla olmaymiz va biz özimizga yoqmagan har bir davlatni jazolay olmaymiz. Biz qadrlaşni va öz tomonimizga iloji boriça köproq davlatni jalb qilişni örganişimiz lozim", deb aytgan Xruşçyov.
Xruşçyov demokratiya va qonun ustuvorligi mavzusiga ham töxtalib ötdi. "Demokratiyaning asosi qonun hisoblanadi. Biroq Rossiyada qonun himoyalanişi borasida köplab savollar bor", deb öz fikrlarini xulosalagan Xruşçyov.

















