Toşkent şahar Adliya boşqarmasi tomonidan navbatdagi matbuot anjumani taşkil etildi. Unda "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida" gi yangi qonunning ahamiyati va mohiyati, uning amalda tatbiq etilişi va Qonun mazmuni” mavzusidagi tahliliy materiallar jurnalistlar e'tiboriga havola etildi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, istalgan davlatning nufuzi inson huquqlari va erkinliklari himoyasining ta'minlanganlik darajasi bilan ölçanadi. Mamlakatda barça sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar zamirida inson huquqlari va erkinliklariga e'tibor qaratiş, uning şa'ni hamda qadr-qimmatini hurmat qiliş, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida tan oliş kabi maqsadlar bor.



Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlaş faqatgina körsatilgan huquqlar hamda manfaatlarning borligi bilan çeklanmaydi, balki ularni qöllaş, himoya qilişdan iborat.
Tahlillarning körsatişiça, 2017 yilning beş oyi davomida Toşkent şahar Adliya boşqarmasi inson huquqlarini himoya qiliş böyiça Bölimga inson huquqlari sohasiga oid 500 ta murojaat kelib tuşgan, ulardan 32 foiz ariza va şikoyatlar qanoatlantirilgan.




Murojaatlarni körib çiqiş çoğida aniqlangan huquqbuzarliklar va davlat boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan inson huquqlariga rioya etilişi böyiça nazoratni amalga oşiriş böyiça taxminan 120 ta ta'sir çoralari qöllanildi.
Natijada 44 mansabdor şaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Ulardan 7 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

















