Joriy yilning 24 noyabr Kun.uz sayti orqali Farğona viloyat Adliya boşqarmasiga qaraşli Farğona şahridagi 6, 7 va 13-son davlat notarial idoralar xodimlari sud qaroriga muvofiq işga tiklangani xabar qilingan edi.

Xabarda Farğona şahar majburiy ijro byurosi tomonidan sud qarorlarini ijro qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar körilgan bölişiga qaramay, hal qiluvning darhol ijro etilişi lozim bölgan qismi 22 noyabr holatiga viloyat adliya boşqarmasi boşliği tomonidan bajarilmaganligi aytilgandi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, sud qarorlarining xodimlarni işga tiklaş va haq undirişga oid qismi ijrosi ta'minlanib, Farğona viloyati Adliya boşqarmasi boşliği B.Xasanovning 2019 yil 22 noyabrdagi tegişli buyruqlari bilan 5 nafar notarial idora xodimlari öz lavozimlariga tiklangan. Şuningdek işga tiklaş töğrisidagi buyruqda xodimlarga sudning hal qiluv qaroriga muvofiq belgilangan tölovlarni tölab beriş ham nazarda tutilganligi aytiladi.

Eslatib ötamiz, Farğona viloyat Adliya boşqarmasi boşliğining 2019 yil 27 avgustdagi 209-şt-sonli buyruğiga asosan işdan böşatilib, sud orqali işga tiklangan xodimlar foydasiga majburiy progulda yurgan kunlari uçun jami 107 million sömdan ortiq miqdorda iş haqi undiriş belgilangan edi.