Paulino «Barselona»ga ötganida uşbu transfer atrofida salbiy fikrlar yangradi, rahbariyat Xitoy çempionatidan uşbu futbolçini katta pulga sotib olgani uçun kulgi ostiga olindi. Bu vaqtda kataloniyaliklar Neymarni yöqotişgan, uning örniga zudlik bilan şu saviyadagi futbolçi olinişi örniga Xitoy çempionatidan futbolçi olib kelingandi.

29 yoşda bölgan, Xitoy çempionatida töp Paulino «Barselona»ga ötganida uşbu transfer atrofida salbiy fikrlar yangradi, rahbariyat Xitoy çempionatidan uşbu futbolçini katta pulga sotib olgani uçun kulgi ostiga olindisurayotgan Paulinoga 40 million yevro tölanişi – moliyaviy ekstremizmga qiyoslandi. Uning taqdimot marosimiga esa ikki mingga yaqin kişi yiğildi, Paulino esa fintlarni bajara olmasdan, şarmanda böldi. Barça bu transferni halokatli transfer deya baholay boşladi.

Ammo braziliyalik bu universal futbolçini sinçiklab örganmoq kerak edi. Pau «Tottenhem»ning asosiy tarkibiga kira olmagaç, moliyaviy tomondan yaxşigina taklif tufayli Xitoyga yöl olgandi. Ammo şuni ham e'tibordan qoçirmaslik kerakki, Yevropadan ketsa ham, uşbu xavbek Braziliya terma jamoasidagi joyini saqlab qoldi.

9 iyun kuni «selesao» Argentinaga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazgandi. Hakam argentinaliklar darvozasiga jarima belgilaganida, Paulino töpni örnatib, uni qaysi burçakka yönaltiriş haqida öylab turganida, uning yoniga Messi keldi. «Menga qara, «Barselona»da men bilan birga öynaşga qanday qaraysan?» – degandi öşanda «Oltin töp»ning köp karra sohibi.

«O, agar sen şuni istasang, nega yöq deyman», – deya javob beradi Pau. U Leoning sözlaridan şunçalik hayajonga tuşgandiki, jarima zarbasini tepişni Villianga qoldiradi.

Öyindan keyin Messi «Barsa»ning bölajak futbolçisi bilan futbolkasini almaşdi – agar bu tafsilotlarni 30 sentabr kuni emas, avvalroq oşkor etişganida Paulinoga munosabat, albatta boşqaça bölardi. Muxlislar uçun Lionelning irodasi rahbariyatning tanlovidan köra muhimroq.

Transfer qiymati ham aniq emas. Birinçidan, Pau klubga 40 million emas, 33 million yevroga tuşgandi – öziga tegişi kerak bölgan 7 million yevrodan futbolçining özi boş tortdi. Ikkinçidan, 33 million yevro 7 klubga tegardi, bu klublar ma'lum miqdorda futbolçining transfer huquqiga egalik qilardi – 7 klubga bundan kam mablağ beriş haqiqatga yaqin bölmasdi.

Braziliyalik futbolçining imkoniyatlarini past baholagan kişilar – Paulinoning ampluasini e'tiborga olişmagandi. Heç kim Ernesto Valverde undan qaysi pozitsiyada foydalanmoqçiligi bilan qiziqmadi. Muxlislar murabbiy Paulino zaxiraga ötqazişi yoki tayanç yarim himoyasiga joylaştirişini taxmin qilgandi.