Kelgusi avlod Apple mahsulotlarida Qualcomm çiplari bölmasligi mumkin. Bu haqida bugun The Wall Street Journal xabar berdi. Kupertinodagi kompaniya Qualcomm modemlarini iPhone'ga munosib yagona çop deb hisoblab kelgan, biroq bozorda muqobil variantlarning paydo bölişi va kompaniyalar örtasidagi sud jarayonlari nihoyat köp yillik hamkorlikka nuqta qöyişi mumkin.

Apple kompaniyasining ismini oşkor qilişni istamagan manbalarining aytişiça, iPhone va iPad kelgusi yilda birinçi marta Qualcomm çiplarisiz işlab çiqarilişi ehtimoli bor. Dunyoning turli burçaklaridagi özaro ayblovlar va sud jarayonlari Tim Kuk kompaniyasining Intel yoki MediaTek çiplariga ötiş ehtimolini yuzaga keltirdi. 

Naşr manbalarining ta'kidlaşiça, Apple'ning bunday xatti-harakatlari majburiy çoradir. Gap şundaki, dastlab Qualcomm öz çiplarining iPhone va iPad'da sinalişidan voz keçdi, keyin esa öz şerigiga sinovlar uçun zarur dasturiy ta'minotni taqdim etişni töxtatdi. 

Apple çip yetkazib beruvçiga qarşi aksilmonopoliya tergov doirasida Janubiy Koreya hukumati bilan hamkorlik qilişga qaror qilganidan keyin Qualcomm azaliy şerigiga çegirma taqdim etişni töxtatdi. Ta'kidlaş joizki, Janubiy Koreya hukumati dekabr oyida aksilmonopoliya qonunçilikni buzgan Qualcomm'ni 853 million dollar jarimaga tortgan.

Apple ilk iPhone paydo bölgandan buyon Qualcomm modemlarini xarid qilib kelgan. Dunyoda Qualcomm texnologiyasi böyiça işlab çiqaruvçi yana beş kompaniya bor, smartfon işlab çiqaruvçilari ulardan istaganini şerik sifatida tanlaşi mumkin.