Xitoy qişloq tumanlarda turizmni aholining aksariyat qismini qaşşoqlikdan qutqariş maqsadida rivojlantiriş niyatida, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

XXRning turizm işlari böyiça Davlat boşqarmasidan xabar qilişlariça, mamlakat 2016-2020 yillarda turizmni rivojlantiriş hisobidan 12 mln. insonni qaşşoqlik domidan çiqarib olmoqçi.

Xitoy janubi-ğarbidagi Guyçjou viloyati hukumati minglab turistik resurslarni aniqlagan va 14 ta qaşşoq uyezdda sayyohlik hududi qurilişini qöllab-quvvatladi.

Manzilli loyihalarning amalga oşirilişi qişloq tumanlardagi 70 ming kişiga daromad darajasini viloyatda örnatilgan qaşşoqlik çegarasidan yuqoriga kötarib oliş imkonini berdi, deya ta'kidlab ötişdi boşqarmadan.

Butun mamlakat böylab mahalliy hukumatlar turistik sohani rağbatlantiriş uçun qişloq tumanlarda infratuzilma hamda xizmatlar körsatişni takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar qabul qilişdi va mablağlar yönaltirişdi.

Xitoy hukumati tomonidan qaşşoqlikni bartaraf etiş 2020 yilga qadar örta farovon jamiyatni quriş davomidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. 2016 yilning oxiridagi ma'lumotlarga köra, mamlakatda 43,35 mln. kişi qaşşoqlikda umr keçiradi.