Qirğiziston bilan kelişuv bekor qilinadigan bölsa, Qirğiziston Respublikasini qöllab-quvvatlaş uçun ajratilgan 100 million dollar böyiça qaror 2018 yilning fevralida qabul qilinadi. Bu haqda Qozoğiston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Tengrinews.kz.

"Avvaliga bekor qiliş jarayonini yakunlaş lozim. Bu oddiy bölmagan jarayon. Biz bu bitimni ratifikatsiya qilganmiz, u Parlamentga ötgan. Uni bekor qiliş uçun esa içki jarayonlardan ötiş lozim. Ular yakuniy tarzda tugagaç, qaror qabul qilinadi. Aftidan bu kelasi yilning fevralida yuz beradi", - deya aniqlik kiritib ötdi vazir hukumat yiğilişidan söng.

Eslatib ötamiz, 23 oktabr kuni Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi Qozoğiston tomonini Qozoğiston Respublikasi hukumati va Qirğiziston Respublika hukumati örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Bitim bekor qilinişiga oid davlat içidagi jarayonlar boşlangani haqida xabardor qildi.