«Özbekiston havo yöllari»ning Moskva-Toşkent reysi vaqtida manzilga yetib kelmadi. Toşkentga soat 16:55da qönişi kerak bölgan HY 604 reysi Nukusda töxtagan.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, parvoz vaqtida yölovçilardan birining tobi qoçib, vafot etgan va uçuvçilar samolyotni qöndirişga majbur bölgan. Hozirça vafot etgan şaxsning fuqaroligi haqida aniq ma'lumot yöq.

Samolyot Nukusda bir neça soat qolgan. Ayni vaqtda reys Toşkentga jönab ketgan va qariyb 4 soatlik keçikiş bilan poytaxtdagi aeroportga qönişi kutilmoqda.

«Kun.uz» Toşkent va Nukus aeroportlari matbuot xizmatlari hamda «Özbekiston havo yöllari» axborot xizmatidan bu ma'lumotga aniqlik kiritişga harakat qildi. Ammo urinişlar besamara böldi va samolyot nega Nukusga qöndirilganiga heç qanday izoh berilmadi.