Tokioda bir guruh fermerlar DigiVege issiqxonasini yaratishdi. Bu issiqxonada sabzavotlar insonning tegishini his qiladi hamda bunga musiqa va xonadagi yorug‘likni o‘zgartirish bilan javob beradi.

Digital Vegetables issiqxonasida 7 turdagi sabzavot, jumladan sabzi, pomidor, rediska, karam kabilar bor. Maxsus sensorlar yordamida sabzavotlar inson tegishini his qilishga o‘rgatildi. Bunga javoban musiqiy-yorug‘lik shousi ishga tushadi.

Har bir sabzavotga muayyan musiqiy asbob ovozi berildi:

Pomidor — skripka;
sabzi — truba;
kapusta — goboy;
rediska — fleyta;
batat (shirin kartofel) — pianino;
baqlajon — arfa;
qovoq — klarnet.

Ushbu "raqamli" sabzavotlar ko‘rgazmasi organik mahsulotlarning qimmatini ko‘rsatishga qaratilgan: odamlar ko‘rgazmaga kelib, sabzavotlarga oddiy narsaga qaragandek emas, balki yangicha qarashlari mumkin. Zeroki, bu juda chiroyli shou ko‘rinishida taqdim qilingan.

Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru
Foto: hi-tech.mail.ru