«Özbekneftgaz» muassisligidagi firma işçilari 10 oydan beri maoş olmadi
|22:23 / 31.10.201736 55711 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
284 mlrd sömlik asbob-uskuna sotgan taşkilot qarzdorlik botqoğida? Aybdor kim?
Tahririyatimizga “Özbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi muassisligida taşkil etilgan “Chigil Neft Gaz” MÇJ işçi xodimlari nomidan murojaat kelib tuşdi. Unda mazkur firma tomonidan 300 dan ortiq işçi xizmatçilarga 9-10 oydan beri oylik iş haqlari berilmay kelayotgani haqida ma'lum qilingandi.
KUN.UZ muxbirlari mazkur masalani örganiş maqsadida 24 oktabr kuni Qarşi şahriga xizmat safari uyuştirdi.
Örganişlarda aniqlanişiça, 2008 yil may oyida taşkil etilgan mazkur taşkilot dastavval “UzGazOil” MÇJ tarkibida geologiya-qidiruv boşqarmasi sifatida faoliyat yuritib, Qaşqadaryo viloyati hududida yirik konlarda 2010 yilga qadar belgilangan vazifalarni töliq bajargan va 10-15 ga yaqin quduq qazib, razvedka işlarini bajargan. Ammo, keyinroq, moddiy-texnik muammolar paydo bölgani, aniqroği “ZeroMax” kompaniyasining kasodga uçragani sababli taşkilotni moliyalaştiriş töxtab qolgan. Bu esa, öşa vaqtlarda 1000 dan ortiq işçi-xodim işlagan firma faoliyatiga salbiy ta'sir körsatmay qolmadi, albatta.
Asosiy vazifasi burğilaş bölgan taşkilot xarajatlarni kamaytiriş maqsadida işçilarni qisqartira boşlab, “Özbekneftgaz” MXKning 2016 yil 14 iyun kuni qabul qilgan qaroriga asosan “Chigil Neft Gaz” MÇJga aylantirilgan firmada barça iş örinlari saqlab qolingan.
Şundan söng, moliyalaştiriş manbaidan mahrum bölgan taşkilot özida mavjud bölgan burğilaş nasoslari va şunga öxşaş texnika vositalarini “Özburneftgaz”ga qaraşli “Qöqonparmalaş”, “Surxonparmalaş”, “Olotneftgaz” va “Qorovulbozorneftgaz” kabi taşkilotlarga ijaraga beriş orqali oyiga 150-160 mln söm daromadga ega bölib turgan. Bu esa oylik maoşga yetarli bölmagani sababli iş haqlarini berişda belgilangan muddatga amal qilinmagan.
Oylik maoşlarda uzilişlar böla boşlagani tufayli işçi-xodimlar orasida norozilik yuzaga kelib, ular Prezident virtual qabulxonasiga 2016 yil oktabr oyida murojaat qilgan. Oylik muammosini hal etiş maqsadida “Özbekneftgaz” MXK rahbariyati “Şörtanneftgaz” MÇJ hisobidan moliyaviy yordam sifatida pul ajratib bergan. Buning hisobidan 2016 yil iyun-iyul oyi böyiça iş haqlaridagi qarzdorlik yopilgan. Keyinçalik bu muammo yana kun tartibiga çiqa boşlagan.
Mavzuga oid
Buning sababini söraganimizda, doimiy moliyalaştiriş manbaidan mahrum bölinganini vaj qilib körsatişdi. Taşkilot mulozimlari firma xolding tarkibida bölgani sababli “Özbekneftegaz” rahbariyatiga qiş mavsumi yaqinligi, işçilarga maoş berişda muammolar mavjudligi va boşqa masalalar bilan bir neça bor murojaat qilgan. Öşa vaqtdagi, hozirda sobiq rahbar va boş buxgalter tomonidan ba'zan yozma, ba'zida oğzaki murojaatlar qilinişi oqibatida yana moliyaviy kömak berişga qaror qilingan.
Bundan taşqari “Özburneftgaz” tasarrufidagi ijara vositasida yiğilib qolgan “Chigil Neft Gaz”ga tegişli pullarni ötkazib bergan. Ötgan yil noyabr oyida kelib tuşgan pullar lavozim okladlaridan qat'inazar barçaga birdek taqsimlangan.
Virtual va Xalq qabulxonalari taşkil etilganidan söng, maoşini ololmayotgan işçi xodimlarning qabulxonalarga murojaatlari köpaygan va mas'uliyati çeklangan jamiyat rahbariyati tomonidan mazkur muammolar yuzasidan viloyat va şahar prokuraturalariga tuşuntirişlar taqdim etilgan.
Xodimlarning yugur-yugurlari, işçilarning Boş vazirning Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari Ğulomjon Ibrohimovga (endilikda sobiq) bir neça marotaba arz qilişlari tufayli “Özbekneftgaz” vaqti-vaqti bilan pul ötkazib turganiga qaramay, keyinçalik işlar yana orqaga keta boşladi. Texnik vositalarni ijaraga olganlar ham ularni qaytargan, buning oqibatida firmaga kelib tuşadigan pul miqdori ham kamaygan.
Bu orada “Özbekneftegaz” MXK avgust oyida “Chigil Neft Gaz” MÇJga tegişli va işlab turgan 12 ta burğilaş qurilmasi va omborxonada saqlanayotgan burğilaş çoğida ehtiyoj tuşadigan asbob-uskunalarni “Özburneftgaz” tasarrufidagi taşkilotlarga sotiş böyiça maxsus qaror çiqargan. Unga muvofiq, “Chigil Neft Gaz” “Kosonneftgaz” va “Olotneftgaz” qidiruv ekspeditsiyasilari bilan umumiy qiymati 284 mlrd sömlik oldi-sotdi şartnoma tuzilgan. Unda 15 foizlik oldindan tölov belgilangan edi. Bu salkam 40 mlrd söm deganidir. Biroq “Özbekneftegaz” MXK davlat rahbarining yiğilişlardan birida neft va ayniqsa gaz konlarini köpaytiriş böyiça topşiriqlaridan söng, 15 foizlik oldindan tölovsiz asbob-uskunalarni beriş amalga oşirişni iltimos qilgan.
Şundan söng, şartnoma şarti bajarilmaganiga qaramay, “Chigil Neft Gaz” MÇJga tegişli bölgan 5 mlrd sömlik asbob-uskunalar taşkilot omborxonasidan “Kosonneftgaz” qidiruv ekspeditsiyasiga berib yuborilgan. Keyinroq 6 ta burğilaş uskunasi “Olotneftgaz”ga taqdim etilgan.
Mustaqillik bayrami arafasida 4 mlrd sömdan ortiq daromad manbai paydo bölganidan söng, avgust oyida bir amallab “Özbekneftegaz” MXK mulozimlaridan biri O.Rustamov qabullariga kirilib, maktab oldi mavsumi ekani, yirik bayramlar yaqinlaşayotgani tuşuntirilgan va 1 mlrd 862 mln söm pul olişga erişilgan. Pul tuşişi bilan har bir işçiga berilmagan bir neça oylik maoşlari hisobidan bir xil summada 2 mln 480 ming sömdan pul ötkazib berilgan.
Şundan söng, sentabr oyida ham aslida taşkilotga tegişli bölgan pullarini yalinib-yolvorib söraş jarayoni davom etgan va 4 oktabrda, şunda ham “Özburneftgaz”ga zarur bölgan jihozlarni beriş töxtatilgandan keyingina 540 mln söm pul tuşirib berilgan.
Milliy xolding kompaniya rahbariyati sizlar yaqinda “Şörtanneftgaz” tarkibiga kirasizlar, pulni ulardan söranglar, degan vaj bilan “Chigil Neft Gaz” asbob-uskunalaridan tuşayotgan pullarining öz vaqtida ötkazilişini nazorat qilmagan.
Şu örinda savol tuğiladi: 284 mlrd sömlik asbob-uskunalar oldindan tölanadigan 15 foizlik tölovsiz, Milliy xolding kompaniyasi körsatmasi bilan berib yuborganiga qaramay, yana nima uçun pulni ayni xolding tarkibiga kiruvçi va “Chigil Neft Gaz” MÇJni öziga qöşib olmagan “Şörtanneftgaz”dan söraşi kerak?
Qolaversa, Majburiy ijro byurosi 1 mlrd sömlik soliqni tölamagan taşkilot rahbari va boş hisobçisiga nisbatan ma'muriy javobgarlik böyiça jarima belgilagan. MÇJ vakilining aytişiça, MIB va Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi taşkilotdagi iqtisodiy vaziyatdan yaxşi xabardor bölgani sababli odamgarçilik qilib, jinoiy iş qözğatgani yöq.
Şu yerda yana bir qiziq faktga e'tiborni qaratamiz: “Chigil Neft Gaz” debitorlik qarzlarini öz vaqtida undirganida, bunda yuqori turuvçi “Özbekneftgaz” MXK yordam berganida hamda boşqa taşkilotlarga sotilgan qurilmalarning qiymatini öz vaqtida ötkazilişini ta'minlaganida soliqdan ham iş haqidan ham qarzdorlik allaqaçon yopilgan bölmasmidi?! Çunki 2017 yil 30 sentabrdagi holatga köra, “Kosonneftgaz” va “Olotneftgaz”ning “Chigil Neft Gaz”dan debitorlik qarzi 8 mldr söm atrofidagi mablağni taşkil etadi. Bu 8 oylik iş haqi va soliq hamda boşqa tölovlarni töliq amalga oşiriş imkonini taqdim etgan bölar edi.
Biz vaziyatni örganiş uçun borgan 23 oktabrda “Chigil Neft Gaz”ning “Şörtanneftgaz” MÇJ tarkibiga qöşilişi böyiça “Chigil Neft Gaz”MÇJning yagona muassisi hisoblanmiş “Özbekneftegaz” MXKning qarori yetib kelgani, bu böyiça majlis ham ötkazilgani aytildi.
Endilikda, “Şörtanneftgaz” MÇJ rahbariyati tarkibiga kiruvçi “Chigil Neft Gaz” xodimlarining neça nafari qisqartiriladi, qançasi iş joyidan mahrum bölişini hal qiladi. Bundan taşqari, “Şörtanneftgaz” öz tarkibiga kirayotgan korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini yopiş böyiça barça mas'uliyatni ham zimmasiga oladi.
Maqolamiz sönggida Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidan iqtibos keltirişga qaror qildik. Uning 161-moddasida mehnatga hal tölaş jarayoni tartibga solingan bölib, unga köra mehnatga haq tölaş muddatlari jamoa şartnomasi yoki boşqa lokal normativ hujjatda belgilanişi va har yarim oyda bir martadan kam bölişi mumkin emasligi qayd qilingan. Kodeksning 154-moddasida iş beruvçi özining moliyaviy holatidan qat'inazar xodimga bajargan işi uçun haqni belgilangan mehnat haqi şartlariga muvofiq, mazkur Kodeksning 161-moddasida körsatilgan muddatlarda amalga oşirişi belgilangan.
Söngsöz örnida bir mulohaza: Nega “Chigil Neft Gaz” MÇJ muassisi bölgan “Özbekneftgaz” MXK bir neça oylardan beri xodimlar maoşini tölaşni paysalga solib kelmoqda. Nima uçun mehnati bilan oilasining qora qozonini qaynatayotgan oddiy fuqaro jabr körişi kerak?
Tekşirişlar vaqtida ma'lum bölişiça, bir neça oy mobaynida oylik maoşini ololmagan işçilarning ayrimlari qöşimça daromad manbalari bölmagani sababli kommunal, elektr tokidan foydalanganlik va boşqa tölovlarni öz vaqtida tölay olmagani uçun MIB tomonidan jarimaga tortilgan va ularning uylari 5 oydan beri elektr manbaidan uzib qöyilgan.Xöş, bu holat uçun asl javobgarlik kimning zimmasida?
Biz ulardan “nima uçun boşqa iş qidirmayapsizlar?”, deya söraganimizda, “ketişni ham bilmaymiz, qolişni ham, aniq gap aytişmaganidan söng. Qolaversa, umid qilib turibmiz”, degan javobni berişdi.
Endilikda, “Chigil Neft Gaz”ning “Şörtanneftgaz” MÇJ tarkibiga qöşilişi böyiça qarordan xabar topgan işçilarning aksariyatida bu umid yanada kuçaygan. Biz ham “Şörtanneftgaz” MÇJdan “chigil”çilar umidini çippakka çiqarmaslikni va ularning maoşlari bilan boğliq dolzarb muammoni zudlik bilan birinçi galda hal qilib berişiga işonç bildirib qolamiz.