Sindzo Abe mamlakat parlamentining quyi palatasidagi ovoz beriş natijalari böyiça Yaponiya Boş vaziri lavozimiga qayta saylandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri vakillar palatasi majlislar zalidan.

22 oktabr kuni bölib ötgan vakillar palatasi saylovlarida köpçilik ovoz olgan Liberal-demokratik partiya yetakçisi Sindzo Abe aksariyat ovozlarni töpladi va vazirlar mahkamasi rahbari lavozimini saqlab qoldi.

Eslatib ötamiz, Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Komeyto partiyasi tuzgan koalitsiya 22 oktabrda mamlakatdagi parlamentning quyi palatasiga saylovlarda deputatlik mandatlarining uçdan ikkisini qölga kiritib, konstitutsiyaviy köpçilikni ta'minlagandi.