Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlaş  va innovatsion faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan fan va innovatsiya sohasida 6 ta ustuvor yönaliş böyiça 40 dan ziyod tadbirlarni öz içiga olgan 2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlaş va innovatsion faoliyatini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Iqtidorli yoşlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qiliş uçun zarur şaroitlarni ta'minlaş maqsadida, doktoranturada öqiş uçun maqsadli kvotalarni ajratiş amaliyotini joriy qiliş çoralari nazarda tutilgan, hamda ilmiy kadrlarning akademik mobilligini oşiriş va ularning ilmiy yutuqlarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kuçaytiriş belgilangan. 

Şuningdek, ilmiy faoliyat hamda ta'lim jarayoni integratsiyalaşuvini yanada çuqurlaştiriş böyiça maqsadli çoralarni amalga oşiriş, bunda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodim va mutaxassislarini oliy ta'lim muassasalaridagi öquv jarayoniga keng jalb qiliş, magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasini amaliyot ötalgan muassasalarda ötkaziş tartibini joriy etiş közda tutilgan. 

Amaliy çoralarning yana bir muhim yönalişi, respublika ilmiy muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar saviyasini yuksaltirişga, ularni xalqaro talablarga köra ilmiy xalqaro bazalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida mavjud hamda yangi tuzilayotgan ilmiy laboratoriyalar ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan ilmiy va laboratoriya uskunalaridan birgalikda foydalaniş mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari nazarda tutilgan. 

Lisenzion kelişuvlar böyiça ilmiy va innovatsion işlanmalarning tijoratlaşuv jarayonlarini faollaştiriş maqsadida, ilmiy va innovatsion faoliyatning me'yoriy-huquqiy asoslari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining patent-lisenzion faoliyatini takomillaştiriş, intellektual mulk obektlariga mualliflik qilişning ta'sirçan tizimini yaratiş çoralari belgilangan. 

Qarorga muvofiq 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab gumanitar va boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inşootlarini saqlaş, şuningdek, ularning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaştiriş asosida amalga oşiriladi.