Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 31 oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boşqariş tizimini takomillaştiriş, ommaviy sportni rivojlantiriş, iqtidorli sportçilarni tanlaş va tarbiyalaş, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlaş hamda zamonaviy sport inşootlarini barpo etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Unda Özbekiston Respublikasi boş vaziri, prezidentning davlat maslahatçisi, tegişli vazirlik va qömitalar rahbarlari iştirok etdi. 

Yiğilişda sport sohasi uçun malakali kadrlar va murabbiylar tayyorlaş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillaştiriş, öquv jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, ilmiy izlanişlar uçun maxsus laboratoriyalar taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi. Jismoniy tarbiya institutini zamonaviy sport ta'lim muassasasiga aylantiriş, öquv dasturlarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida taşkil etiş böyiça 2018-2020 yillarga möljallangan dastur tuziş zarurligi ta'kidlandi. 

Prezidentning şu yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat böldi. Uşbu qaror bilan Özbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş uçun 995,2 milliard sömdan ziyod mablağ sarflanişi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida 167 ta sport inşooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suziş havzasini quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital ta'mirlaş, jihozlaş va qayta jihozlaş nazarda tutilgan. 

Dastur doirasida joriy yilda 153 ta bolalar maydonçasi ta'mirlangan, 232 ta zamonaviy maydonça, Nukus şahrida sportning olimpiya va milliy turlariga ixtisoslaştirilgan sport majmuasi foydalanişga topşirilgan. 

Yiğilişda bu borada yöl qöyilgan kamçiliklar ham körsatib ötildi. Xususan, Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan 39 ta sport inşootini quriş va rekonstruksiya qiliş işlari jadvaldan ortda qolgani, suziş havzalarini zamonaviy anjomlar bilan jihozlaş keçiktirilgani tanqid qilindi. Bu kamçiliklarni bartaraf etiş, yil oxirigaça quriliş işlarini yakunlaş böyiça topşiriqlar berildi. Sport majmualaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş, yoşlarni ularga yanada keng jalb etiş zarurligi qayd etildi.