Özbekiston Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga taşrifiga tayyorgarlik körmoqda, deya xabar berdi Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.
Norovning maqolasi institutning Facebook’dagi rasmiy sahifasida joylaştirilgan.
"Özbekiston diplomatiyasi bir yildan beri prezident Ş.Mirziyoyev rahbarligida barça çegaradoş davlatlar bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan siyosatni faol va bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etmoqda. Bu nafaqat turli darajalardagi davlatlararo aloqalarning köpayişi hamda kengayişi, balki Toşkentning qöşnilar bilan avvalgi ziddiyatlarni hal qilişda oqilona murosa yölini qidiriş böyiça aniq kayfiyatida ham namoyon böladi", - deya yozgan Vladimir Norov.
Uning sözlariga köra, şunisi e'tiborga molikki, Özbekiston rahbari sönggi oylar içida barça qöşni mamlakatlar yetakçilari bilan rasmiy, norasmiy hamda amaliy uçraşuvlarni ötkazdi.
"Turkmaniston, Qozoğiston va Qirğizistonga taşrif amalga oşirildi. Tojikistonga taşrif tayyorlanmoqda", - deya xabar bergan Norov.
Ta'kidlab ötiş joizki, bu Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston prezidenti sifatida Tojikistonga birinçi taşrifi böladi.
















