Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin Amerika rahbari Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Özbekiston TIV rasmiy sayti xabar berdi.
Muhtaram Prezident Janoblari!
Nyu-York şahridagi terrorçilik harakati oqibatida begunoh kişilarning qurbon bölgani munosabati bilan çuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz.
Uşbu qabih va şafqatsiz jinoyatni heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Biz har qanday şakl va körinişdagi ekstremizm va terrorizmni keskin qoralaymiz.
Sodir etilgan fojia zamonamizning bunday ğayriinsoniy xavf-xatarlariga qarşi kuraşiş yölida butun xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birlaştiriş zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. Özbekiston uşbu terrorçilik harakatini suriştiruv işlariga kömak körsatiş uçun bor kuç va vositalarini işga solişga tayyor.
Biz Amerika Qöşma Ştatlari xalqi bilan har tomonlama birdam ekanimizni izhor etamiz.
Qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik tuyğularimizni yetkazib qöyişingizni sörayman. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda soğayib ketişini tilayman.
31 oktabr, seşanba kuni Manxettenda yuk maşinasini boşqargan şaxs odamlarni qasddan urib yuborişi oqibatida 8 kişi halok böldi, 12 kişi jarohatlandi. Kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan Sayfullo Saipov terakt ijroçisi sifatida gumon qilinmoqda.
Ayni vaqtda terakt ijroçisi sifatidagi asosiy gumondor qölga olingan.

















