Qirğizistonning yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabr kuni bölib ötadi. Bu haqda mamlakat prezidenti devonidan xabar qilişgan.
Tadbir «Ala-Arça» davlat qarorgohida bölib ötadi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi 30 oktabr kuni prezidentlik saylovlari natijalarini e'lon qildi – Sooronbay Jeenbekov saylovçilarning 54,22 foiz ovozi bilan ğalaba qozondi.
Amaldagi prezident Almazbek Atamboyevning inauguratsiyasi esa 2011 yilning 1 dekabr kuni bölib ötgan.

















