Tehrondagi uçraşuv: Rossiya, Eron va Ozarboyjon yölboşçilari nima haqida gaplaşişadi?
|21:30 / 01.11.201711 3338 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronga rasmiy taşrifni amalga oşirmoqda. Tehronda u islom respublikasining oliy rahbariyati bilan uçraşadi. Taxmin qilinişiça, yetakçilar Suriyadagi vaziyat va Eron yadroviy dasturiga baho berişadi va ikkitomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama etişadi. Bundan taşqari, Rossiya, Ozarboyjon va Eron rahbarlarining uç tomonlama uçraşuvi ham bölib ötadi. Bu davlatlarning hamkorligi mintaqadagi vaziyatga qay tariqa ta'sir ötkazişi haqida RT ma'lumot töpladi.
Strategik şeriklik
Putinning bu galgi taşrifi Eron va AQŞ munosabatlaridagi taranglik yanada kuçaygan vaqtga töğri kelmoqda. AQŞ prezidenti ma'muriyati Eronni Yaqin Şarqdagi eng boş aybdorga aylantiriş niyati borligini avval ham yaşirmagan. Şu yilning may oyida Saudiya Arabistoniga qilgan taşrifi çoğida Donald Tramp Tehronni terrorizmni dastaklaşda ayblab çiqdi. Ayni paytda ikki davlat munosabatlaridagi eng qizğin mavzu 2015 yilda tuzilgan Eron öz yadroviy dasturidan voz keçsa, unga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qiliş imkonini beruvçi umumqamrovli qöşma harakatlar rejasi (UQHR) evaziga yuzaga kelgan Eron yadroviy bitimi taqdiriga boğliq.
13 oktabr kuni Tramp Vaşington bitimni takomillaştiriş yoki undan çiqiş istagini bildirgan (şartnomaning iştirokçilari şuningdek Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Eron hisoblanadi). Rossiya bir neça bor UQHRga amal qilişni ta'kidlagan. Kreml matbuot xizmatining xabar qilişiça, bu jihat ham Putinning muzokaralarida tilga olinadi.
«Taxminimça, bu taşrif Moskva tomonidan Eron rahbariyatining qöllab-quvvatlanişini yana bir bor namoyiş etadi», — degan Deutsche Welle’ga bergan intervyusida Germaniya taşqiy siyosat jamiyati (DGAP) ning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari rahbari Ştefan Mayster.
«Rossiya prezidentining Eronga taşrifi bugungi kunda tarixiy çöqqisida turgan Rossiya-Eron munosabatlarining strategik xarakterini ta'kidlaşi şubhasiz», — degan RT bilan suhbatda «Strategik kommunikatsiyalar» byurosi boş direktori Yevsey Vasilev.
Ekspert «Hozirgi şaroitlarda — AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan davlatlarimizning taşqi bosim va «xalqaro izolyatsiya»ga duçor qilişga uriniş bölayotgan bir paytda Moskva va Tehronning harakatlari muştarak bölişi kerak»ligini qayd etdi.
Mavzuga oid
Vladimir Putin Eronda prezident Hasan Ruhoniy va oliy rahbar Ali Xominaiy bilan uçraşadi.
Foto: Oyatulloh Ali Xominaiy / Reuters
Vasilevning fikriça, Vladimir Putinning Tehronga taşrifi Suriya böyiça Ostona muzokaralarining yettinçi raundiga töğri kelmoqda.
Ostonada ötgan tinç muzokaralar mobaynida imzolangan kelişuvlarga amal qilinişida Eron muhim rol öynaydi, dedi Vasilev. «Eron Örta Şarqda bizning asosiy hamkorimiz, Suriya muammosini yeçişda boş şerigimiz va uzoq vaqt mobaynida özini işonçli ittifoqçi sifatida namoyon qilgan davlat», — degan RT’ga «Xalq diplomatiyasi» fondi eksperti Vladimir Kireyev.
Istiqbolli loyihalar
Rossiya-Eron muzokaralari çoğida istiqbolli iqtisodiy hamkorlik masalalari ham e'tibordan çetda qolmaydi.
«Rossiya va Eron örtasidagi tovar aylanmasi ötgan yili 70 foizga oşgan», — degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Ekspertlarning fikriça, iqtisodiy munosabatlarning rivojlantirilişi ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni «nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham manfaatli» qiladi. Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari — Eronga energetika, transport, maşinasozlik va aviakosmik sohalar uçun yuqori texnologiyalik asbob-uskunalar yetkazib beriş. Eron esa özining qişloq xöjaligi va dengiz mahsulotlari bilan ta'minlaydi.
«Yaqin örtada Rossiyaning «Mir» va Eronning «Shetab» tölov tizimlarini integratsiya qiliş rejalaştirilgan», — deydi Vasilev.
Yevroosiyoni birlaştirib…
Transport-logistika masalalari Rossiya va Eron muloqotiga Ozarboyjonning ham qöşilişini taqozo etadi, çunki hududiy jihatdan Rossiya va Eron Ozarboyjon orqali boğlangan. Barça uç mamlakat Hindistonni Eron va Ozarboyjon orqali Rossiya va Yevropa bilan birlaştiruvçi 1700 kilometrlik «Şimol-Janub yölagi» infrastrukturaviy loyihasida qatnaşmoqda.
«Hozir Rossiya, Ozarboyjon va Eronni birlaştiruvçi temiryöl uçastkasi barpo etilmoqda, — deydi ekspert. — Parallel ravişda Kaspiy orqali dengiz yöli ham faoliyat körsatadi».
Har uç davlat iştirok etayotgan yana bir muhim loyiha — Xitoy tomonidan ilgari surilgan Yevroosiyoni şarqdan ğarbga qadar boğlovçi «Bir makon, bir yöl» infrastrukturaviy loyihasidir.
Rossiya, Eron va Ozarboyjonni yana bir omil boğlab turadi. Yetakçilari Tehronda uçraşadigan har uç mamlakat neft va gaz bozorida muhim öyinçilardir va uglevodorodlarga boy Kaspiy dengizi tubini bölişib turişibdi. Demak, kun tartibida Kaspiy dengizidagi neft konlaridan foydalaniş masalasi ham böladi.
«Eron gazi bilan Ozarboyjon magistrallari ham töla boşlaydi, — deydi ekspert. — Rossiya uçun bu Eron ham raqobatçi, ham şerik böla olişini körsatadi. Rossiya özi Ozarboyjon tarmoqlari orqali, birinçi navbatda Boku — Jayxon gaz quvuri vositasida öz gazini yetkazib berişi mumkin, ma'lum bir şaroitlarda Ozarboyjon va Eron öz gazini Yevropa bozorlariga yetkazib, u yerda narxlarni tuşirib yuborişi ham mumkin. Şu sababli Moskva bu sohada ham Boku va Tehron bilan kelişib, hamkorlik qilişi kerak böladi».
Xavfsizlik eksporti
Har uç davlat rahbarlarining uçraşuvi doimiy tus olmoqda. 2016 yil avgustida ular Bokuda uçraşişgan, öşanda yetakçilarning diqqat-eʼtibori «Şimol-Janub» loyihasi, minatqaviy muammolar, jumladan, Afğoniston va Suriyadagi vaziyat, terrorizm va narkotrafikka qaratilgan edi.
Endi bu muammolarning muhokamasi davom etadi. Terrorizmning ösişi har uç davlatga tahdid soladi. Ekstremistlar öz nuqtai nazarlariga köra bid'atçi hisoblovçi Eronning şia rejimini ham, Rossiya va Ozarboyjonning dunyoviy rejimini hğam duşman bilişadi.
Foto: Ilhom Aliyev / RIA Novosti
Ozarboyjon özining asosan şia mazhabidagi aholisi va dunyoviy siyosiy rejimi bilan bu masalalarda mintaqaviy muloqotning boğlovçi böğini bölişi mumkin.
Vladimir Putinning Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama uçraşuvi ham bölib ötişi kutilmoqda. Ikki yetakçining an'anaviy suhbat mavzusi ikki tomonlama iqtisodiy va siyosiy hamkorlik, şuningdek Toğli Qoraboğ atrofidagi vaziyat bölib kelgan. Rossiya Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaydi va bir vaqtning özida KXŞT böyiça ittifoqçisi Yerevan bilan ham faol hamkorlik qiladi. Ekspertlarning qayd etişiça, Moskva mintaqada tinçlik hukmron bölişidan manfaatdor.
«Rossiyaning mintaqadagi barça davlatlar bilan hamkorlik qilişi öyinçilarning strategik jihatdan paypaslab körib, xavfsizlik soyaboni bölişga xizmat qiladi», — deydi ekspert.
Ekspertning fikriça, Boku va Tehronning Şanghay hamkorlik taşkiloti bilan hamkorlik qiliş borasidagi qiziqişi (Eron — nomzod statusiga ega, Ozarboyjon esa muloqot böyiça şerik) Rossiya va Xitoyning «mintaqada xavfsizlik eksportçilari» sifatida körilayotganidan dalolat beradi.
«Ozarboyjon va Eron örtasida keskin nuqtalar ham bor: Bu Janubiy Eron Ozarboyjoni va Eronda ozarboyjon ayirmaçiligi istiqbollari, hamda Ozarboyjon Respublikasining Isroil bilan döstona munosabatlaridir», — deydi ekspert.