Prodyuser Ruslan Mirzayev hamda rejissyor Ozod Şams ijodiy guruhi tomonidan olti oy davomida tayyorgarlik körilayotgan “Snayper” ötkir syujyetli dramaning suratga oliş işlari boşlanmoqda. S'yomkalarga ertaga, 2-noyabrdan start beriladi.
Film prodyuseri Ruslan Mirzayev bergan ma'lumotlarga köra, mazkur film uçun sarflanayotgan mablağ bugungi kunda suratga olinayotgan filmlarga sarflanayotgan mablağdan 10-15 barobar ortiqroqdir.
Mazkur film uçun havaskor aktyor va aktrisalar örtasida emas, balki haqiqiy professional aktyorlar örtasida kasting bölib ötdi.
Filmda Ulugbek Qodirov, Matyoqub Matçonov, Saida Rametova, Şuhrat Umarov va turk aktyorlari boş rollarni ijro etişadi.
Filmning asosiy suratga oliş işlari Özbekiston, Rossiya Federatsiyasi hamda Turkiyada bölib ötişi rejalaştirilmoqda.

















