Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) «Biznesni yuritiş 2018» yangi reytingida Özbekiston 74-örinni egalladi.

2017 yilning 31 oktabrida e'lon qilingan «Biznesni yuritiş 2018: iş örinlarini yaratiş uçun islohotlar» hisobotiga köra, Özbekiston 190 davlat orasida 74-örinni egalladi va ötgan yilga nisbatan öz reytingini 13 pozitsiyaga yaxşiladi.

Qolaversa, mamlakat biznes yuritiş uçun eng qulay şaroitlar yaratiş böyiça islohotçi davlatlarning birinçi öntaligiga kirişga muvaffaq böldi. Amalga oşirilayotgan islohotlar Özbekistonning işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va biznes yuritiş şaroitlarini soddalaştiriş böyiça Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakçiga aylanişiga imkon berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi axborot xizmati.

Jahon bankining «Biznesni yuritiş 2018» hisobotidagi 10 ta indikatorning 6 tasi böyiça sezilarli ösişning qayd etilganligi ham işbilarmonlik muhitini yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar kölami va natijadorligidan darak bermoqda. 

Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş tizimining tubdan takomillaştirilgani tufayli Özbekiston korxonani röyxatdan ötkaziş körsatkiçi böyiça 11-örinni band etdi. Bu yönaliş böyiça mamlakat AQŞ, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya va boşqa rivojlangan davlatlarni ortda qoldirdi. 

2017 yilning 1 aprelidan boşlab mamlakatda tadbirkorlik sub'yektlarini onlayn röyxatdan ötkaziş tizimi işlay boşladi, unga köra röyxatdan ötiş jarayoni avvalgi ikki iş kuni örniga atigi 30 daqiqani band etmoqda. Tadbirkorlik sub'yektini röyxatdan ötkaziş jarayoni onlayn tarzda töldiriladigan ariza asosida amalga oşirilmoqda. Bunda ariza beruvçiga mazkur tizim orqali ta'sis hujjatlarini öz ixtiyoriga köra namunaviy şakllar asosida rasmiylaştiriş imkoni beriladi. 

Joriy yilning 9 oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,3 marta köp kiçik biznes sub'yektlari taşkil etilganining öziyoq mamlakatda biznes oçişning oson ekanligidan dalolat beradi.

2016 yilning 1 yanvaridan boşlab tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlariga foydalanişga tayyor holda ulaş tartibining joriy etilganligi bu jarayonda bevosita tadbirkorlik sub'yektlari iştirokini talab etadigan ma'muriy tartib-taomillarni soddalaştiriş va qisqartiriş imkonini berdi. Avvallari elektr ta'minoti tizimiga ulaniş uçun tadbirkorlik sub'yektlari 7-10 idoraga borişlari talab etilgan bölsa, bugunga kelib buning uçun “yagona darça” markazlariga birgina ariza bilan murojaat qiliş kifoya. Qolgan qadamlar – texnik şartlar tayyorlaşdan to tarmoqqa ulaşgaça – barçasi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus xizmatlari tomonidan ariza beruvçilar iştirokisiz amalga oşiriladi.