Xitoydagi elektron tijorat kuni hisoblanuvçi 11 noyabr kuni (Double 11 nomi bilan ham maşhur) Xiaomi birdaniga uçta smartfonini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Ular orasida Redmi Note 5 va Redmi 5 Plus ham bor. Ikki model haqida sönggi vaqtlarda turli gap-sözlar tarqalgan, şu bilan birga, yangi ma'lumotlar hamon paydo bölmoqda. Yaqinda internet tarmoğida Xiaomi Redmi 5 Plus smartfoniga doir yangi suratlar e'lon qilindi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Öziga xosliklari

Xiaomi kompaniyasi Redmi 5 Plus bilan arzon gadjyetlar qatoriga gardişsiz smartfonni olib kiradi. Miş-mişlarga köra, smartfon ekrani 18: 9 nisbatda bölib, tört tomonida öta ingiçka gardiş bilan qoplanadi. Qurilmaning old panelida heç qanday tugmaça bölmaydi, barmoq izlarining skaneri ort panelga joylaştirilgan. 

Qurilma orqa tomondan ikki kamerali Xiaomi Redmi Pro smartfoniga öxşab ketadi. Juft kamera örtasida yoruğlik diodli yoritqiç va barmoqlar izini oluvçi skaner bor. Redmi 5 Plus hajmiga köra, ehtimol, odatdagi Redmi 5 telefonidan kattaroq böladi. 

Xiaomi Redmi 5 Plus fabletining dastlabki xususiyatlari 

Displey: 5,99 dyuymli, 2160 x 1080p (FHD +) ölçamli;
Çip: Snapdragon 625 (yoki Snapdragon 450);
Xotira: 3/4 Gb operativ va 32/64 Gb içki;
Kamera: asosiysi ikkitalik: 12 Mp + 5 Mp;
Akkumulyator: hozirça noma'lum;
Işlaş tizimi: Android 7.1.

Narxi 

Yana öşa miş-mişlarga binoan, smartfonning eng oddiy namunasi 799 yuan turadi. Bu 970 ming söm atrofida deganidir. Qimmat emas-a?