3D bosib çiqariş texnologiyasi yanada keng tarqalmoqda. Agar 5 yil oldin biz bu texnologiya yordamida içki a'zolar va töqimalar yaratilişi mumkin ekani haqida umuman öylamagan bölsak, bugungi kunda u haqiqatga aylandi. Misol uçun, Yaponiyadagi Kyusyu universitetining bir guruh olimlari 3D printerda çop etilgan jigarni muvaffaqiyatli köçirib ötkazişdi.
3ders.org naşrining Scientific Reports jurnaliga asoslanib xabar berişiça, birinçi tajriba laboratoriya kalamuşida ötkazildi. Tadqiqotçilarning aytişiça, transplantatsiya qilinganidan bir hafta ötib, yangi töqimalar töliq qabul qilingan. Darhaqiqat, bu butun transplantologiya uçun juda katta qadamdir: amaliyotning muvaffaqiyati, butun içki a'zoni almaştiriş örniga, donor organini kutmasdan uning kiçik bir qismlarini almaştiriş mumkinligini isbotladi.
«Ignali massivlar yordamida 3D-töqimani belgilaş tizimi murakkab geometriyali töqima işlab çiqariş imkonini berdi. Uslubimiz uç ölçamli biobosma yordamida yuzlab jigar hujayralarini alohida birlaştirişdan iborat. Bundan taşqari, yangi uslub bir qator afzalliklarga ega: birinçi navbatda qon tomirlarning zararlanişiga olib kelmaydi va ikkinçidan, içki a'zo töqimalari hamda transplantat örtasida töğridan-töğri boğliqlik tufayli yangi töqima tezroq hosil böladi», - deydi olimlar.
Lekin bu hammasi emas. Yangi texnologiyaning mohiyati şundan iboratki, kelajakda transplantatsiya uçun hujayralar probirkada emas, balki inson organizmida işlab çiqariladi, bu immunitet tizimiga transplantatni rad etiş bilan boğliq allergik reaksiyalar va salbiy oqibatlardan qoçiş imkonini beradi. Yapon olimlari yangi usulni nafaqat jigar töqimasini transplantatsiya qiliş, balki boşqa organlarning transplantologiyasida ham qöllaş mumkinligini ta'kidlaşmoqda.

















