Forbes jurnali dunyoning eng nufuzli ayollari reytingini taqdim etdi. Şunisi e'tiborga loyiqki, sobiq AQŞ kotibi va prezidentlikka nomzod Hillari Klinton joriy yilda reytingning ikkinçi örnidan 67-örniga tuşib, reytingda 65 poğona yöqotgan.

Dunyoning eng nufuzli ayoli reytingining birinçi poğonasiga yettinçi yil ketma-ket Germaniya kansleri Angela Merkel egalik qilib kelmoqda. Ikkinçi örin siyosatdagi yutuqlari va Brexit jarayoni ortidan nom qozongan Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyga nasib etdi. Uçinçi örinni turmuş örtoği Bill Geyts bilan birga grantlarga 40 milliard dollardan ziyod pul sarflagan va 100dan ziyod mamlakatlardagi taşkilotlarni qöllab-quvvatlab kelayotgan Melinda Geyts egalladi.

AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp dunyoning eng nufuzli ayollari reytingining 19-poğonasida qayd etilgan. Reytingning ilk önligi quyidagi fotogalereyada:

Foto: AP

1. Angela Merkel
Yoşi: 63
Faoliyat turi: siyosat, Germaniya kansleri

Foto: AP

2. Tereza Mey
Yoşi: 61
Faoliyat turi: siyosat, Buyuk Britaniya boş vaziri

Foto: Getty Images

3. Melinda Geyts
Yoşi: 53
Faoliyat turi: xayriya, Bill va Melinda Geyts fondi

Foto: Getty Images

4. Şeril Sendberg