HTC kompaniyasi yangi U11+ flagmani hamda U11 Life byudjyet modelini namoyiş etdi. Yangi smartfonlar suvdan himoya va Edge Sense nozik qirralariga ega böldi.
HTC U11+
HTC U11+ flagmani şişa va metall korpusga ega böldi. Uning ölçamlari U11'nikiga öxşaş, biroq displeyi juda katta - 6 dyuym. Bunga ekran atrofidagi gardişning kiçikligi sabab erişildi. Şu tufayli barmoq izlari skaneri ham flagmanning orqa tomoniga köçirildi.
U11+ smartfoni korpusi IP68 standartiga muvofiq işlangan, bu esa uning çang-tözondan töliq himoyalangani va 1 metrgaça bölgan çuqurlikdagi suvda yarim soatdan ortiq xavfsiz işlay olişini bildiradi.

Smartfon korpusning yon qirralarini siqiş kuçini "tuşuniş"ga qodir - texnologiya Edge Sense deb ataladi. Foydalanuvçi har qanday xatti-harakatni, masalan, ilova, kamera, fonarni işga tuşirişni qisqa yoki uzoq siqişga belgilab qöyişi mumkin.
U11+ kamerasi bitta va u 12 Mp'li. HTC U11+ flagmanining 6 Gb'li top-versiyasi Yevropada 799 yevroga baholanadi. Sotuvlar 20 noyabrga belgilangan.
HTC U11+ xususiyatlari:
- Displey: 6 dyuym, QHD (2 880 × 1 440 piksel);
- Protsessor: Snapdragon 835;
- Xotira: 4 yoki 6 Gb operativ va 64 yoki 128 Gb içki;
- Kamera: 12 Mp asosiy va 8 Mp frontal;
- Akkumulyator: 3 930 mAs.
U11 Life
HTC U11 qatoridagi kenja model öz dizaynini flagmandan olgan - metall ramka va şişa korpus. Şuningdek smartfon Edge Sense nozik qirralariga ega böldi. Korpus IP67 standarti böyiça himoyalangan: u çangdan qörqmaydi, şu bilan birga 1 metrdagi çuqurlikdagi suvda işlay oladi.
U11 Life 5,2 dyuym, Full HD diagonalga ega. Asosiy va frontal kameralar 16 Mp'li - bu flagmandan-da katta, lekin sensorlarining özi arzonroq.


















