Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentabrdagi 764-son qarori bilan Özbekiston Respublikasi içki işlar organlarida tibbiy tekşiruvni taşkil etiş va harbiy-tibbiy ekspertizani ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatda tibbiy tekşiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani (keyingi örinlarda – tekşiruv) ötkazişning maqsadlari va obektlari körsatib ötilgan.
Belgilanişiça, tekşiruv içki işlar organlarining yoki uşbu organlarning kadrlar bölimi rahbarlari yöllanmalari yoxud sud qarori asosida, içki işlar organlari tizimida taşkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi örinlarda - komissiya) tomonidan amalga oşiriladi.
Şaxslar içki işlar organlarida xizmatni ötaşga yoki IIV tizimidagi ta'lim muassasalarida tahsil olişga tösqinlik qiluvçi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar röyxatiga (96 ta banddan iborat) muvofiq tekşiruvdan ötkaziladi.
Tekşiruvdan ötkazişda iştirok etgan har bir şifokor öz yönalişi böyiça tibbiy körikni amalga oşiradi va tibbiy xulosa beradi.
Tibbiy xulosalar komissiya tomonidan körib çiqiladi va tekşiruvdan ötuvçi şaxslarning salomatligi töğrisidagi barça ma'lumotlar va ularning jismoniy rivojlanişi hisobga olingan holda xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligi töğrisida qaror qabul qilinadi. Şaxs xizmatga yaroqsiz deb topilganda uni qayta tekşiruvdan ötkaziş uçun körib çiqiş muddati komissiya tomonidan belgilanadi.
Şaxslarda komissiya tomonidan belgilangan muddat içida soğliğida sezilarli özgarişlar röy berganligi aniqlanganda ular takroriy tekşiruvdan ötkaziladi.
Hujjat 2017 yil 28 sentabrdan kuçga kirdi.
Içki işlar organlari xodimlarining tibbiy tekşiruv tartibi tasdiqlandi
23:30 / 02.11.201730 5062 min

















