Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 30 oktabrda 882-sonli «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi matbuot xizmati faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni qabul qildi.
U IIV Taşkiliy-inspektorlik va axborot-tahliliy boş boşqarmasining OAV bilan hamkorlik qiliş xizmati hamda QR IIV, viloyatlar IIB va Toşkent şahri IIBB matbuot guruhlari negizida taşkil etiladi. Matbuot xizmatini IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi boşqaradi. Boşqarma rahbari IIV rahbarining matbuot kotibi ham hisoblanadi, deb yozadi Norma.uz.
Matbuot xizmati tizimiga: Boşqarma, «Postda» – «Na postu» gazetalari, «Qalqon» – «ŞÇit» jurnallarining birlaşgan tahririyatlari, QR, viloyatlar IIB va Toşkent ŞIIBB, sohaviy xizmatlar va ta'lim muassasalarining matbuot guruhlari kiradi.
Matbuot xizmati vazifalari orasida OAV va internet tarmoğida paydo bölayotgan hamda içki işlar idoralari obrösiga putur yetkazuvçi materiallarni tunu kun kuzatiş va tahlil qiliş kiradi. Bu kabi axborotlarga zudlik bilan çoralar köriladi.
Bundan taşqari, 2017 yil 1 dekabrdan e'tiboran keng jamoatçilikda aks-sado bergan voqealarni öz vaqtida va işonçli ravişda, xususan IIV vakolatli mulozimlarining efir orqali yoritiş tartibi tasdiqlanadi.
















