Qozoğiston Qirğizistonga javob çoralari uçun yöl oçib berdi, deya ma'lum qildi Qirğiziston Respublikasi boş vazirining sobiq örinbosari Oleg Pankratov qozoq-qirğiz çegarasi böyiça muammo haqida gapirar ekan. Bu haqda «24.kg» xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Qirğizistonda ham, Qozoğistonda ham vaziyatni çözişdan iqtisodiy manfaat yöq.
«Boz ustiga biz Qozoğistonga nisbatan qandaydir javob çoralarini joriy etiş uçun ma'nan haqimiz bor. Şuning uçun vaziyatga yeçim topiladi», - deya aytib ötgan boş vazir sobiq örinbosari.
Oleg Pankratov Qirğiziston qanday javob çoralarini qöllaşi mumkinligi haqidagi savolga şunday javob berdi: «Biz özaro savdo töğrisidagi tartib böyiça javob çoralarini körişimiz mumkin». Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Qirğiziston heç qaçon haqiqiy bosim mexanizmlarini qöllamagan. «Biroq biz aniq harakatlarga ma'nan huquqni qölga kiritdik», - deya ta'kidlab ötdi u.
Oleg Pankratovning qöşimça qilişiça, hozirda Rossiya OAVlari Qirğiziston insofsiz qöşni ekani haqida yozişmoqda. «Bu notöğri. Biz keltirib çiqarayotgan muammolar umumiy miqdorning öndan biri yoki yuzdan biriga teng», - deya aytib ötdi u.
10 oktabrdan boşlab Qozoğiston qozoq-qirğiz va qozoq-rus çegaralaridagi nazoratni kuçaytirdi. Nazorat-ötkaziş punktida Qirğizistondan çiqib ketadigan oğir yuk maşinalarining katta navbatlari yuzaga kelmoqda.


















