Qozoğiston mahsulotlari olib kirilişi taqiqlangan Qirğiziston korxonalari reyestrini kengaytirgan. Bu haqda «Trend» agentligiga asoslanib, Kabar.kg xabar bermoqda.

Qozoğiston qişloq xöjaligi vazirligining xabar berişiça, yangilangan röyxatga Qirğizistonning «Şin-Layn» MÇJ, «Talas-Sut» YoAJ, «Yelimay» MÇJ, «Aq-Sut» OAJ va «Tuuganbayev» XK kabi kompaniyalari kiritilgan.

24 oktabr kuni Qozoğiston Qirğizistondan olib kirilayotgan 400 tonnadan ortiq mevalarni qaytarib yuborgan. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kiriş bilan boğliq 59ta holatdan 41tasi Qirğiziston mahsulotlari bilan boğliq bölgan. Ularning 11tasida mahsulotlar majburiy fitosanitariya sertifikatisiz (olma va noklar — 93,3 tonna, uzum — 21 tonna, lavlagi — 4 tonna) olib kirilgan. Yana bir neça kun ötib Almatida Qirğizistondan keltirilgan sut mahsulotlari yöq qilingan.

Duşanba kuni paydo bölgan ma'lumotga köra, Qozoğiston Qirğizistonda yetiştirilgan 3,5 tonna forel baliği va 15 kilogramm forel uvildiriğini olib qöygan va yöq qilişga çoğlanmoqda.

Ilgari, oktabr oyida Qirğiziston prezideti Almazbek Atamboyev bir neça bor Qozoğiston rahbariyati nomiga keskin ayblovlar bilan çiqiş qilgan edi. Atamboyev, xususan, Qozoğiston rahbariyati öziga qulay prezidentni Qirğizistonga tiqiştirayotgani, Bakiyevlarni sevişi va öz mamlakatini talon-taroj qilişayotganini aytib ötgan edi. Bu voqealardan köp ötmay ikki mamlakat fuqarolari va xorijiy sayyohlar qozoq-qirğiz çegarasini kesib ötişda muammolarga duç kela boşlaşgan.