Qozoğiston Respublikasidagi eng baland va past maoşlar haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqida Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.
2017 yilning III çoragida bir xodimning örtaça oylik nominal iş haqi 147988 tangani taşkil etgan, nominal iş haqi indeksi ötgan yilning şu çoragiga nisbatan 104,8 foizni taşkil etgan, real holat esa — 98 foizni (statistikaga işbilarmonlik faoliyati bilan şuğullanuvçi kiçik korxonalar kirmaydi).
«Sohaviy tuzilmada eng yuqori maoşlar moliya va suğurta faoliyatida kuzatilgan — 272,8 ming tanga (respublika örtaça darajasidan 1,8 martaga köp), kasbiy, ilmiy va texnika sohasida — 271,1 ming (1,8 barobar köp), axborot va aloqa sohasida — 215,7 ming (1,5 marta), sanoat sohasida — 208,5 ming tanga (1,4 marta), quriliş sohasida — 205,9 ming tanga (1,4 marta). Nominal iş haqining eng past darajasi ta'lim sohasida qayd etilgan — 90,4 ming tanga, bu respublikadagi örtaça körsatkiçdan 38,9 foizga kamdir», — deyiladi Qozoğiston milliy iqtisodiyot vazirligi ma'lumotida.
Idoraning ma'lumotiga köra, hududiy kesimda eng yuqori maoşlar Atirau oblastida tölanar ekan — 257,9 ming tanga va bu respublika örtaça körsatkiçidan 1,9 martaga köp. Jambul oblastida uning miqdori 98,1 ming tangani taşkil etgan va bu mamlakat böylab örtaça darajadan 33,7 foizga kam.
Bundan taşqari, xalqaro standartlarga mos ravişda bir xodimning örtaça iş haqi qöşimça tölovlar, qöşimçalar, mukofotlar, şuningdek, soliqlar va boşqa ajratmalar (daromad soliği, majburiy pensiya vznoslari) ni hisobga olib şakllantiriladi.

















