Ba'zi odamlar bilan ongli muloqot qilib bölmaydi. "Layfxaker" javob haqoratlargaça bormaslik uçun Apple asosçisi Stiv Jobsning quyidagi maslahatlaridan foydalanişni tavsiya etadi.
1. Tanqidni oldindan köra biling
Taqdimot yoki nutq bilan çiqiş qilar ekansiz, undagi qaysi punktlar tinglovçilarda tanqid uyğotişi mumkinligini oldindan öylab köring. Ehtimol, sizga avval ham şunga öxşaş tanbehlar berilgan va siz ularga javob bera olmay qolgandirsiz. Qanday javob qaytarişni oldindan öylab qöying. Javobni oldindan maşq qilsangiz, yoqimsiz sözlarga munosabat bildirişingiz yengillaşadi.
2. Darhol javob qaytarişga şoşilmang
Jahl qilmang va şoşib javob qaytarmang. Stakanga suv quying, fikrlaringizni jamlab oling va kerakli sözlarni tanlay biling.

3. Javobni döstona umumiy iboralar bilan boşlang
Stiv Jobs öz çiqişlaridan birida unga bildirilgan tanqidga javobni şunday sözlar bilan boşlagan: "Biror nimani özgartirişga harakat qilayotganingizda eng murakkab tösiqlardan biri şu savolni bergan kişiga öxşaş odamlar qayerdadir haq ekanliklaridadir". U öz javobini yumşatgan, bir qaraşda, u opponentning sözini ma'qullayotgandek göyo, keyingi nutqidan esa bunday emasligi oydinlaşadi.
Suhbatdoşingizning fikriga mutlaqo qöşilmasangiz ham, javobni doim döstona ruhda boşlang.
4. Özingiz eşitgingiz kelgan savolga javob bering
Jobsga muayyan dasturlaş tili va şaxsiy hayoti haqida savol berilgan bölsa-da, u bunga izoh berib ötirmadi. U nisbatan umumiy savolga javob berdi: "Kompaniyadagi özgarişlar vaqtida qandaydir xatolar böldimi, texnik kompaniyalarda yakuniy natija köproq kimga boğliq: işlab çiqaruvçilargasi yoki mijozlarga?"














