Şu kunlarda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bir qator hamkorlik şartlarini kelişib oliş va imzolaş uçun Özbekistonga taşrif buyurişi kutilmoqda.

Trend xabarida aytilişiça, ikki mamlakat rahbarlarining uçraşuvida muhim ahamiyatga ega bölgan masala sifatida temir yöl loyihasi ham muhokama etiladi. Gap Balx viloyati​ Mozori Şarifdan boşlab yana 4ta viloyatdan ötib, Hirotgaça çöziladigan temir yölning oçilişi haqida ketmoqda. Özbekiston ana şu yönalişning bir qismidan manfaatdor bölişi mumkin. 

​Afğoniston Temir yöl boşqarmasi boşliği örinbosari Abdul Bori Soddiqning aytişiça, loyiha amalga oşgaç, Özbekiston Eronning Hind okeanidagi portlariga erkin çiqiş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, mazkur yönalişda Özbekistonning iştiroki Xitoy, Eron, Qirğiziston va Afğoniston bilan tovar ayirboşlaş hajmi oşişiga olib keladi.