MDH Hukumat rahbarlari Kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirokçilar Erkin savdo hududi şartnomasi doirasida olib borilayotgan masalalari muhokama qilindi.
Unda Özbekiston tomonidan sönggi 10 oy davomida ayrim import tovarlarga nisbatan bojxona va aksiz soliqlarini pasaytirgani e'tirof etildi. Şuningdek, şartnomada közda tutilgan içki talablar böyiça a'zo davlatlarda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, Qirğiziston Boş vaziri Sapar Isaqov aynan Erkin savdo hududi şartnomasiga qöşilgan Qozoğiston va Qirğiziston örtasida çegara muammolari paydo bölayotganini ta'kidladi.
"Şartnoma kelişuvida ta'kidlangan bandlardan foydalangan Qozoğiston hukumati Qirğizistondan ötib kelayotgan tovarlarni çegara asossiz va sun'iy ravişda töxtatib turibdi. Kontrabanda sifatida uşlab qolingan mahsulotlarning 20 foizi qişloq xöjaligi tovarlari, jumladan kartoşka, piyoz, sut mahsulotlari hisoblanadi. Bularni qanday qilib, kontrabanda deyiş mumkin. Qolaversa, qozoq-qirğiz çegara yölagidan foydalanuvçi xususiy tadbirkorlar bundan aziyat çekmoqda.
Qirğiz hukumati Qozoğiston tomonidan çegara nazoratini kuçaytiriş masalasi vaqtinça böladi, degan umiddamiz”, deydi u.


















