Collins English Dictionary ingliz tili luğati tuzuvçilari 2017 yil sözi deb «fake news» («soxta yangiliklar») birikmasini topişdi.

«Ozod dunyo yetakçisi ularning ustidan kulmoqda, uni saylovlarga ta'sir körsatişda ayblaşmoqda, biroq bugun „soxta yangiliklar“ haqiqiy yangilikka aylandi, sababi Collins talqini böyiça yil sözi sifatida e'tirof etildi», - deyiladi luğat saytida.

Collins’ga köra, «fake news» bu - «yolğon, köp holatlarda şov-şuv ma'lumot bölib, u yangiliklar körinişida tarqatiladi».

2016 yildan beri, deya körsatadi Collins, jahon OAVda «fake news» söz birikmasini qöllaş 365 foizga oşdi.

Yaqin vaqtlargaça «fake news» tuşunçasi birinçi navbatda taqlid körinişidagi yangiliklar dasturi bilan boğlangan edi.

2016 yilda AQŞdagi prezidentlik kampaniyasida «soxta yangiliklar» iborasi keng foydalanila boşlandi hamda u ijtimoiy tarmoqlarda nomzodlar haqida berilgan işonçsiz ma'lumotni anglatmoqda.

AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda ğalaba qozongan Donald Tramp 2017 yilning yanvarida CNN telekanalining uning Rossiya bilan aloqalari haqidagi xabarini «soxta yangilik» deb atadi, va şundan söng bu söz birikmasini öz çiqişlari hamda tvitterdagi postlarida köp qöllay boşladi.

2016 yilda Collins talqiniga köra, «Brexit» («Brekzit») – Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan çiqişi yil söziga aylangan.