Ummonning qirollik strategik tadqiqotlar islom markazi dunyodagi 500 nafar eng nufuzli musulmonlar röyxatini taqdim etdi.
Röyxatda Misrdagi «Al-Azxar» universiteti imomi şayx Ahmad Muhammad al-Tayib yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlardan Iordaniya va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh II ibn al-Husayn va Salmon bin Abdulaziz Al-Saud joy olgan. Törtinçi poğonada – Eronning oliy diniy rahbari oyatulloh Said Ali Xominaiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.
Jorjtaundagi musulmonlar-xristianlarning bir-birini tuşunişi Markazi qöllab-quvvatlovi bilan e'lon qilinuvçi reyting 2009 yildan beri har yili taqdim etiladi. Unga yirik olimlar, siyosiy arboblar, xayriya faoliyati bilan şuğullanuvçilar, tadbirkorlar, san'at, madaniyat vakillari, sportçilar, maşhur şaxslar va qorilar kiritiladi.
Şuningdek, röyxatdan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham joy olgan. Rahmondan taşqari, Tojikistonning ulamolar kengaşi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda, şuningdek, Ozarboyjon, Afğoniston prezidenti va Çeçeniston rahbari ham röyxatda bor.

Foto: The Muslim 500

Foto: The Muslim 500
















